Angliya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichining 4-turida o‘z maydonida Vengriyadan yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi - 0:4. Shu tariqa, britaniyaliklar 94 yil avval o‘rnatilgan antirekordni takrorladi.
OPTA xabariga ko‘ra, 1928 yildan beri birinchi marta ingliz jamoasi o‘z maydonida 4 va undan ko‘p gol farqi bilan mag‘lub bo‘ldi. So‘nggi bor Shotlandiya terma jamoasi inglizlarni 5:1 hisobida mag‘lub etgandi.
Angliya 4-turdan keyin 2 ochkoga ega va A ligasi 3-guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Vengriya 7 ochkoga ega va kvartetda peshqadamlik qilmoqda.













