Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna

Jahon chempionati sabab taqvimda katta chalkashlik: kuchli beshlik chempionatlarida mavsum qachon boshlanadi?

Jahon chempionati sabab taqvimda katta chalkashlik: kuchli beshlik chempionatlarida mavsum qachon boshlanadi?

Baho:
+ | -

Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida mavsum allaqachon yakunlangan. Klublar esa tarkibini kuchaytirish maqsadida ko‘plab xaridlarni amalga oshirmoqda. Shu sabab bugun biz yangi mavsum haqida, aniqroq aytadigan bo‘lsak, Yevropaning kuchli ligalari hisoblangan Angliya Preyer ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A seriyasi, Fransiya Liga 1 musobaqasi va Germaniya Bundesligasida yangi mavsum qachon boshlanishi haqida biroz ma’lumot berishga qaror qildik.

Yangi futbol mavsumi ko‘plab voqealarga boy bo‘ladi. Jahon chempionati noyabr oyida boshlanishi munosabati bilan chempionatlar odatdagidan erta boshlanib, kechroq tugaydi.

APL

Angliya Premer-ligasi 6 avgust kuni start oladi. Ochig‘ini aytganda, Britaniyada futbol mavsumi odatdagidek boshlanadi. Ammo, bu mavsum 2023 yilning 28 mayida tugaydi. Eng qiziqarli narsa qishda sodir bo‘ladi. Jahon chempionati oldidan so‘nggi o‘yinlar 12-13 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng futbolchilar terma jamoalari safiga uchib ketishadi. Jahon chempionati finali 18 dekabrga, Premyer-liganing restarti esa shu oyning 26-sanaga belgilangan. Angliyada “boksing dey” shundan so‘ng darhol boshlanadi. Umuman olganda, Angliya terma jamoasi Qatardagi Mundial finaliga chiqsa, o‘yinchilarga juda ham qiyin bo‘ladi.

La Liga

Ispaniya La Ligasi 12 avgust kuni Premyer-ligadan bir hafta o‘tib boshlanadi. Pireney yarim orolida mavsum Angliya chempionati tugaganidan bir hafta o‘tib yakunlanadi. Jahon chempionati yakunidan keyin ispanlar ham futbolchilarning dam olishiga imkon bermaydi. La Liga mavsumi 29 dekabr kuni davom ettiriladi. Jahon chempionati oldidan so‘nggi tur o‘yinlari ham 12-13 noyabr kunlariga belgilangan.

A seriya

Italiyaliklar mavsumni ispanlar bilan bir kunda boshlashadi, ammo Appenini oroli qishda futbolchilarga damo olishi uchun biroz ko‘proq vaqt beradi. A seriya mavsumi 12-13 noyabrdan keyin qisqa tanaffusga chiqib, yanvar oyi boshida davom ettiriladi. Italiya chempionati ham xuddi La Liga kabi 4 iyun kuni yakunlanadi.

Bundesliga

Bundesliga 5 avgust kuni Angliya Premyer ligasi bilan bir kunda boshlanadi. 13 noyabr kuni Germaniya chempionatida ham Jahon chempionati sabab qisqa to‘xtalish bo‘ladi. Chempionat a’zolari o‘shandan keyin terma jamoasi ixtiyoriga jo‘nab ketishadi. Mundial yakunidan keyin futbolchilarga ko‘proq xordiq olish uchun aynan Germaniyada ruxsat beriladi. Ob-havo sharoiti tufayli Bundesligada mavsum faqat 20-yanvar kuni davom ettiriladi. Shu bilan birga, 27-may kuni inglizlar bilan birgalikda Germaniyada chempionatni ham yakunlashni rejalashtirgan.

Liga 1

Fransiya chempionati ham xuddi Angliya Premyer ligasi va Germaniya Bundesligasi kabi 6-7 avgust kunlari boshlanadi va 13 noyabrgacha o‘ynaydi. Jahon chempionatidan keyin Liga 1 restarti 28 dekabrga belgilangan. Ularning chempionati biroz kechroq, aniqroq aytadigan bo‘lsak, ispanlar va italiyaliklar bilan birgalikda 4 iyun kuni yakunlashni rejalashtirishgan.

***

Qizig‘i, yangi mavsumda Chempionlar ligasi iyun oyida boshlanadi! Yozning birinchi oyining 21-kunida birinchi saralash bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Konferensiyalar ligasida saralashi 7 iyulda, Yevropa ligasida esa 4 avgustda boshlanadi. Noyabr oyida yevrokuboklar guruh bosqichi yakunlanadi. Chempionlar ligasida pley-off ishtirokchilari 1 va 2 noyabr kunlari, Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasi guruh bosqichi esa shu oyning 4-kunida yakunlanadi. Bu turnirlarning hal qiluvchi o‘yinlari yozga to‘g‘ri keladi. Yevropa ligasi 31 mayda yakunlanadi, Konferensiyalar ligasi finali 7 iyunga belgilangan, asosiy yevrokubok Chempionlar ligasi finali esa 10 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:21, 16.06.2022.
O'qildi: 5341 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.