Kirish Ro'yxatdan o'tish

“PSJ” portugaliyalik futbolchi bilan kelishib oldi

“PSJ” portugaliyalik futbolchi bilan kelishib oldi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi va “Portu” yarim himoyachisi Vitinya “PSJ” bilan kelishib oldi.

Parijliklarning yangi sport direktori Luis Kampos 22 yoshli futbolchini klubning yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun ustuvor vazifa bo‘ladi deb hisoblamoqda.

Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "PSJ" Vitinya bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olgan.

Hozirda “Portu” bilan muzokaralar davom etmoqda. Parij superklubi Portugaliya chempioniga yarim himoyachi shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli - 40 million yevroni to‘lashga tayyor.

Yakunlangan mavsumda Vitinya 47 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Portugaliya terma jamoasi tarkibida futbolchi joriy yilning mart oyida debyut qilgandi.

Kiritildi: 23:59, 17.06.2022.
O'qildi: 1988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.