Dortmundning "Borussiya" klubi "Ayaks" hujumchisi Sebastyan Aller uchun 33 million yevro taklif qildi, deb xabar beradi Bild.
Niderlandiyalikdar futbolchi uchun yana 5 million talab qilmoqda. Allerning o‘zi nemis klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi.
27 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 42 o‘yinda maydonga tushib, 34 gol va 9 golga assistentlik qilgan. Kot-d'Ivuarlik futbolchi so‘nggi mavsumda "Ayaks"ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.













