Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sen bo‘lamasang - boshqasi - "MYU" de Yongga muqobil variant topdi

Sen bo‘lamasang - boshqasi - "MYU" de Yongga muqobil variant topdi

Baho:
+1 | -

Portugaliyalik yarim himoyachi Ruben Nevesh "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, “qizil iblislar” “Vulverxempton” futbolchisini “Barselona”ning niderlandiyalik futbolchisi Frenki de Yongga muqobil variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Neveshning transferi "mankunianliklar"ga de Yongning transferidan deyarli ikki barobar arzonga tushishi mumkin. Rubenning narxi 40 million yevroga baholanmoqda, "Barselona" esa de Yongni 85 million sotmoqchi.

Portugaliyalik futbolchi 2017 yilning yozidan buyon "bo‘rilar" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: 12:01, 20.06.2022.
O'qildi: 7122 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик