Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Xayrullo Bozorov "Neftchi" jamoasi bilan uchrashdi

Xayrullo Bozorov "Neftchi" jamoasi bilan uchrashdi

Baho:
+1 | -

Farg‘ona viloyati hokimi, viloyat futbol federasiyasi rahbari Xayrullo Bozorov "Neftchi" jamoasi rahbariyati, murabbiylari va futbolchilari bilan uchrashdi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan muloqotda "Neftchi"ning superliga o‘yinlarida yaxshi natijalar qayd eta olmayotgani, o‘yin tempi borgan sari tushib ketayotganligi, 20 iyunga qadar o‘tkazilgan superliga 11-turdan so‘ng 2 ta g‘alaba, 3 ta durang va 6 ta mag‘lubiyat bilan 9 ochko jamg‘arib 12-o‘rinda borayotganligi qayd etildi.

Aksariyat futbolchilarning jismoniy holati talab darajasida emasligi, asosan himoyaviy o‘yin taktikasi tanlangani bois hujumkorlik yo‘qligi, standart vaziyatlardan unumli foydalanishga e’tibor qaratilmaganligi, o‘yinchilar o‘rtasida g‘alabaga bo‘lgan ishonch, jamoaviy xarakter mavjud emasligi tanqid ostiga olindi.

Bundan tashqari, jamoada tartib-intizom yaxshi emasligi, rahbariyat va futbolchilar o‘rtasida bir biriga ishonchsizlik ortib borayotgani, bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonov mazkur holatlarning oldini olish uchun yetarlicha ish olib bormayotgani bo‘yicha tanbeh berildi.

"Neftchi" futbol jamoasiga superligaga qaytishi bilan bir qator sharoitlar yaratib berilgan bo‘lsa-da, hozirda klubda professional darajada ish tashkil qilinmagan.

Muxlislar va OAV bilan ishlash, marketing masalalari, futbolchilar hamda muxlislar o‘rtasida qo‘shma tadbirlar yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani, matbuot xizmati talab darajasida emasligi, klubning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarida yetarli faollik yo‘qligi ham tanqid qilindi. Joriy yil jamoa tashkil etilganiga 60 yil to‘lishi, biroq bu haqda OAV orqali e’lon berilmagan, tadbirga tayyorgarlik ishlari boshlanmagan.

Klub raisi Zohid G‘ofurovning tajribasizligi, rahbarlik salohiyatining yetarli emasligi ham yuqorida ta’kidlangan muammolarning o‘z vaqtida bartaraf etilmaganiga olib kelgan.

Seleksiya ishlariga e’tiborsizlik natijasida ayni vaqtda "Neftchi" jamoasining 19 yoshli o‘smirlar jamoasi 14-o‘rinda, 21 yoshli o‘smirlar jamoasi esa 11-o‘rinda bormoqda. Ayollar jamoasi esa 10 ta jamoa ichida 9-o‘rinda bormoqda.

Viloyat rahbari ushbu masalalarga birma-bir to‘xtalar ekan, bundan buyon klubga o‘zgacha ruhiyat olib kirish kerakligi, tartib-intizom, hurmat, ahillik bilan ish tashkil qilish kerakligini ta’kidladi.

Shahar hokimi Vosiljon Nazarov klub prezidenti etib tayinlandi. Viloyat hokimi tomonidan unga klub faoliyatini nazoratga olish, marketing, menejment ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, fan-klub bilan samarali hamkorlik o‘rnatish, klub matbuot xizmati faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, klub logotipiga chinor bargi ramzini qaytarish kabi topshiriqlar berildi.

Klub murabbiylariga chiroyli o‘yin namoyish etish va g‘alabalar bilan muxlislarni quvontirish uchun eng avvalo asosiy tarkib o‘zagini shakllantirib olish lozimligi uqtirildi.

Manba: УЗА
Kiritildi: 12:21, 21.06.2022.
O'qildi: 1458 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.