Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Arsen Venger: «Aniqlik va soddalik – muvaffaqiyat kaliti»

Arsen Venger: «Aniqlik va soddalik – muvaffaqiyat kaliti»

Baho:
+ | -

London «Arsenal»ining ketma-ket 49 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi Arsen Vengerni futbol tarixidan joy egallashiga sababchi bo‘lgan.

Fransuz mutaxassisi 11FREUNDE nashriga bergan katta intervyusida juda ko‘p qiziqarli mavzularda gapirdi. Sizlarga ana shu suhbatning eng qiziq joylarini tortiq etamiz.

- Janob Arsen, 2003|2004 yillar mavsumida shogirdlaringiz 49ta o‘yinda mag‘lub bo‘lishmagan. O‘z avtobiografiyangizda o‘sha mukammal ko‘rinish olgan jamoani shakllantirishda ota-onangizning bistro (fransuzcha kichik umumiy ovqatlanish shaxobchasi)sida o‘sganligingiz alohida ahamiyat kasb etgani haqida yozgansiz. Bu borada to‘liqroq ma’lumot bering.

- Bistro qishloqdagi asosan fermer oilalari va otlar yashaydigan kichik tavernaga o‘xshardi. Dehqonlar daladan kelib, tamaddixonamizda ishdan keyin pivo ichishardi. Mening vatanimda dindorlar yashashardi, yakshanba kunlari odamlar Massaga borib, keyin faqat futbol haqida gaplashish uchun uyimizga kelishardi. Har payshanba kuni mahalliy birlashmaning tarkibi batafsil muhokama qilinib, keyin qaror chiqarilardi. Futbolchilar va murabbiylar janjallashib, gohida bir-birini so‘kishsa, ularning har bir so‘zini tinglardim. Xullas, asosiy mavzu futbol edi. Men ongsiz ravishda bu o‘yin hayotda har tomonlama ma’noga ega bo‘lishi kerakligini his qilgan bo‘lsam kerak. O‘shanda butun umrimni shu shiorga muvofiq o‘tkazishim lozim, degan to‘xtamga keldim.

— Kitobingizda yozilishicha, erkaklar so‘zlarini ting­lash sizga kuch-qudrat, bitmas jo‘shqinlik bag‘ishlagan. Demak, bu kuzatishlar kelajakdagi murabbiylik faoliyatingizga asos solgan, deb hisoblash mumkinmi?

- Har doim murabbiy bo‘lishni xohlaganman, lekin ichki xohishni to‘liq sezib ulgurmagandim. Bolaligimda futbol hamma yerda hoziru nozir ekanligini angladim. Qolaversa, bizning qadrdon klubimiz muvaffaqiyatga erisholmadi, bu esa g‘alaba qadrini yanada oshirdi va men muvaffaqiyat tuyg‘usini his qilishni yanada ko‘proq xohladim.

- «Arsenal»da bo‘lganingizda, «engilmaslar»ni bir joyga to‘plaganingizda bist­roda o‘tgan bolalik chog‘laringiz yodga tushganmi?

- Bistro menga uch xil ta’sir ko‘rsatdi. Birinchidan, futbolga bo‘lgan ishtiyoqim shu yerda tug‘ilgan va u hozirgacha davom etmoqda. Ikkinchidan, 19 yoshga to‘lgunimcha murabbiyim yo‘q edi, bu menga hayotda va futbolda o‘ziga xos xarakterga ega bo‘lish qanchalik muhimligini o‘rgatdi. Uchinchidan, mehmonxonada turli xil shaxslar borligi sababli, menda liberal ruh ham rivojlandi. Yangi tanishlarga, ular qayerlik bo‘lishidan qat’iy nazar, ochiq edim. Angliyaga endigina borganimda, u yerda deyarli faqat mahalliy futbolchilar o‘ynardi. Bizning «Engilmaslar jamoasi» boshqa mamlakat vakillaridan tashkil topgandi. Lekin ixtiyoringizda faqat yaxshi o‘yinchilar bo‘lishining o‘zi yetarli emas. Murabbiy sifatida jamoani muvaffaqiyat sari yetaklay oladigan shaxsni rivojlantirishingiz kerak. Futbolchilar esa sizdagi qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlashlari lozim.

- Yulduzlarni qo‘lga olishni qay tariqa uddaladingiz? Tyerri Anri, Sol Kemp­bell...

- ...Lemann, Eshli Koul - barchasi talabchan personajlar. Bu yigitlarda xarizma va kamtarlik uyg‘unlashgandi.

- O‘yinlardagi shiddat yuqori bo‘lgani sababli futbolchilar so‘nggi mash­g‘ulotlarda jarohat olishdan qo‘rqishardi. Siz ham ushbu masalada qo‘rquvni his qilganmisiz?

- Hech qachon. Bizda yaxshi zaxira o‘rindig‘iga ega kuchli jamoa bor edi. Futbolchilar fidoyilik ko‘rsatishar, o‘z navbatida, bir-birlarini hurmat qilishardi. O‘shanda Fransiya televideniyesida ishlayotgan do‘stimni mashg‘ulotga taklif qilgandim. Ertalab xonaga kirishi bilan yigitlarning o‘zini tutishi uni hayratda qoldirdi.

- Rober Pires shunday degandi: «Biz takabbur emasdik, shunchaki, o‘zimizni yengilmas deb hisoblaganmiz...»

- (Kuladi). U haq edi. O‘sha payt «Manchester Yunayted»da ajoyib o‘yinchilar bor edi, «Chelsi»da ham. Bizning jamoada esa hamjihatlik va jangovar ruh hukm surardi.

- To‘rtta musobaqada ishtirok etgan o‘sha «Arsenal» atigi 21 nafar futbolchidan iborat edi. Ataylab shunday qilinganmidi?

- Ha, men katta futbolchilar guruhiga ega jamoalarga ishonmayman. Bu raqobat g‘oyasiga salbiy ta’sir qiladi, juda ko‘p o‘yinchilar chetda qolib ketmoqda. Jamoa ko‘pi bilan 23-25 kishi bo‘lgani ma’qul. Bordi-yu, ixtiyoringizda 21 nafar tajribali o‘yinchi bo‘lsa, bu ham kifoya qilishi mumkin. Buni bizning yigitlar isbotlashgandi.

- 23 yillik faoliyatingizda qaysi futbolchi siz kutganingizdan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi?

- Tyerri Anri. U nihoyatda tez rivojlandi. Men uni markaziy hujumchiga aylantirdim, chunki «Monako»da shunday rolda ko‘rganman. Ammo keyinroq instinktlarini yo‘qotdi va qanotga o‘tishga majbur bo‘ldi. Anrining his-tuyg‘ularini jilovlamoqchi edim, dastlabki kunlarda sprintlari vaqtini belgilash ustida ishladim. U maydon bo‘ylab qachon va qayerda yugurishni bilishi kerak edi.

- Mashg‘ulotlaringiz haqida turli gap-so‘zlar yangragandi. O‘yinchilar ikki guruhga bo‘lingan va bir tomonning harakatlanishiga ruxsat berilmagan.

- Shunaqa. O‘yinchilar o‘rtasidagi harakatlar va aloqalarni o‘rganmoqchi edim: «keling va qarshiliksiz yuguring» qabilida.

- Shuningdek, mashg‘ulot boshlanishidan avval futbolchilar sekundomer taqib olishgan.

- To‘g‘ri. Futbol shu darajada rivojlandiki, murabbiylar shtabi ancha kengaydi. Bugun jamoa ustozi shogirdlarini turli mutaxassislar ixtiyoriga topshiradi. Ammo u paytlari taktika va jismoniy tayyorgarlikka faqat men javobgar bo‘lganman. Demak, men va jamoa bor edi. Ularni shunchaki, kuzatish o‘rniga, mashg‘ulotlarni to‘xtatishga majbur bo‘lardim. Shuning uchun menga sekundomer kerak edi. Hozir ham o‘sha paytdagi ehtiyotkorlikni yo‘qotmaganman.

- Nega «Arsenal»ni tark etganingizdan buyon «Emireyts» stadioniga bormadingiz?

- O‘sha payt, avvalo, butunlay g‘oyib bo‘lishim kerak, deb o‘yladim. Boshqalar faoliyatiga soya solishni xohlamadim.

- «Engilmaslar» jamoasini shakllantirish uchun nima kerak?

- Yaxshi futbolchilar. Shuningdek, faoliyatingizda nimagadir erishgan bo‘lsangiz ham, yaxshilab fikr yuritishni o‘rganish muhim. Murabbiy futbolchilarga har doim ko‘prog‘iga intilish hissini singdirishi, umumiy maqsad haqida aniq tasavvur berishi kerak. Hozirda buni uddalash qiyin, chunki klublarda xodimlar juda ko‘p, ularning samaradorligini baholash osonmas. Tabiiyki, mazkur holatni tarkibni shakllantirish ham murakkablashadi. Ammo aniqlik va soddalik har doim muvaffaqiyat kaliti bo‘lib qolaveradi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:15, 21.06.2022.
O'qildi: 1395 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.