Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul 1-1 Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima 1-0 Shanghai Shenhua
10/12 22:45 Qorabog‘ - Ayaks
10/12 22:45 Vilyarreal - Kopengagen
11/12 01:00 Atletik Bilbao - PSJ
11/12 01:00 Bayer - Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D - Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge - Arsenal
11/12 01:00 Yuventus - Pafos
11/12 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika - Napoli

Yo‘li Londondan Manchester shahriga burib yuborilgan top-yulduzlar

Yo‘li Londondan Manchester shahriga burib yuborilgan top-yulduzlar

Baho:
+ | -

2003 yilning iyunida «Chelsi» o‘z tarixidagi eng katta transferni amalga oshirgan. Ushbu transfer futbolchini emas, balki Roman Abramovichni klubga olib kelgandi. Shundan keyin bir necha mavsum ichida Abramovichning cho‘ntagi kuchi bilan bankrot bo‘layozgan jamoa hayotga qaytdi. Klub katta-katta transferlarni amalga oshira boshladi. Didye Drogba, Maykl Essyen, Ernan Krespo, Mixael Ballak hamda Andrey Shevchenko shular jumlasidandir. Bu nomlar orqali «Chelsi» muvaffaqiyatlarga erish boshladi. Bu bilan esa dunyo futbolining eng yaxshi yulduzlari e’tiboriga tushdi. Umuman olganda, «Chelsi»ning qo‘li istaganiga yetardi. Ammo ayrim o‘yinchilar London klubidan ko‘ra, uning raqibini tanlagan. Masalan, «Manchester Siti»ni. Quyida avvaliga «Chelsi»ga kelishi kutilib, ammo yakunda «Man.Siti»ga yo‘l olgan futbolchilar haqida gaplashamiz.

Robinyo

2008 yilga qaytamiz. O‘shanda «Chelsi» katta transfer arafasida turgandi. Braziliya terma jamoasi a’zosi Robinyo Londonga tashrif buyurishi kerak edi. Bu uchun esa hammasi tayyor, hattoki, 32,5 million funtlik kelishuvga ham erishilgan. «Real»dan kelishi kerak bo‘lgan hujumchini, o‘sha paytdagi «Chelsi» ustozi bo‘lgan Luis Felipe Skolari burni tagidan «Manchester Siti» og‘irlab ketadi. Robinyo «shaharliklar» uchun ilk katta xarid edi va kelasi yillardagi transferlarga debocha bo‘ladi. Robinyoning o‘zi intervyularidan birida yuqoridagi voqeani tan olgan edi: «Men "Chelsi"ga o‘tmoqchi edim. Skolari menga muhtojligini bir necha bor ta’kidlagandi. Shunga qaramay, "Real" ularni aldadi. "Qirollik klubi"ga transferdan avval "Chelsi" o‘z futbolkalarida mening ismimni yozib sota boshlagani yoqmagandi. Ishonchim komilki, aynan mana shu arzimagan narsa, ushbu ko‘chishni barbod qilgan».
Robinyo «Manchester Siti»da ko‘p qolmaydi. U tez orada boshqa jamoaga o‘tib ketgandi.

David Silva

Robinyoni yo‘qotganidan ikki yil o‘tib, «Chelsi» manchesterliklardan yana bir bor «tarsaki» yedi. Ispaniyalik haqiqiy javohir futbolchi David Silva «Manchester Siti»ga ketdi. O‘sha paytda Silva «Valensiya»da edi. 2010 yilning iyun oyida Silva «Chelsi»ga o‘tishni xohlaganini tan oladi. U bu haqida shunday deydi: «Bugun "Chelsi" so‘nggi 5 yildagi Yevropaning eng kuchli jamoasi bo‘lib ulgurdi. Kelajakda bu jamoa "Real" kabi shuhratga erishishi uchun hamma imkoniyatga ega. Jon Terri, Lempard va Drogba kabi futbolchilarni dunyodagi istalgan jamoa orzu qiladi. Ishonchim komilki, "Chelsi"da o‘ynash men uchun ajoyib bo‘lardi. Bu jamoaga havas qilaman».
Silva 2010 yilgi Jahon chempionatidan keyin «shaharliklar» safiga yo‘l oladi. U Roberto Manchini qo‘lidagi eng katta qurolga aylandi. Qariyb 10 yil vaqt davomida Silva «Manchester Siti»da katta ishlar qildi.

Aguero

2011 yilda «Manchester Siti» o‘z tarixidagi eng yaxshi xaridni amalga oshirgan. O‘shanda argentinalik afsonalardan biri Aguero jamoaga keladi. Sobiq «Atletiko» hujumchisi tumanli Albionga kelgach, hammayoqni «ostin-ustun» qilib yubordi. Aguero APLdagi eng yaxshi to‘purar maqomiga erishgan.
«Chelsi» ana shunday iste’dodni avvaldan ko‘ra bilgan. 2009 yilda, Aguero 21 yosh ekanida, «Chelsi» unga og‘iz solib ko‘radi. Biroq, «Chelsi» uchun futbolchining moashi og‘irlik qilgan. Keyinchalik, 2011 yilda Abramovich Aguero uchun 40 million funt ajratadi. Ammo bir necha oy o‘tib, 50 millionga Fernando Torresni xarid qiladi. Bu qaror esa xato edi. Bugun Torres emas, balki Aguero Angliyada qahramonga aylandi. Uni butun dunyo tanidi. Torres «operasiya»si esa muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Agueroga esa doimgidek «Manchester Siti» ega chiqdi.

 


ISMATOV J.

Manba: futaa.com
Kiritildi: 18:13, 21.06.2022.
O'qildi: 2697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.