Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Yunon-rum kurashi: Osiyo chempionatida hozircha 2 ta oltin, 2 ta kumush medal qo‘lga kiritdik

Yunon-rum kurashi: Osiyo chempionatida hozircha 2 ta oltin, 2 ta kumush medal qo‘lga kiritdik

Baho:
+ | -

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan o‘smirlar (U 17) va yoshlar (U 23) o‘rtasidagi Osiyo chempionatining kechagi bellashuvlarida ishtirok etgan 4 nafar yunon-rum kurashchimizning barchasi medallarga ega chiqishdi.

-60 kg vazndagi yunon-rum kurashchimiz Shermuhammad Sharibjonov oltin medal uchun kechgan bahsda qirg‘izistonlik Nurmuhammet Abdullayevni 9-0 hisobida dog‘da qoldirdi.

-67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abror Atabayev esa final bahsida qirg‘izistonlik Azamat Samatni 10-0 hisobida dog‘da qoldirdi va O‘zbekiston terma jamoasiga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi.

-72 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Jahongir Hamroyev Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Hamyurtimiz Osiyo chempionligi uchun kechgan murosasiz bahsda qirg‘izistonlik Adilxan Nurlanbekovga 2-4 hisobida yutqazib qo‘ydi.

-77 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Dilshod Omongeldiyev final uchrashuvida qirg‘izistonlik Akilbek Talantbekovga imkoniyatni boy berib, u ham Osiyo chempionatining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatidagi birinchi kungi bellashuvlarini 2 tadan oltin va kumush medali bilan yakunlashdi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 10:38, 24.06.2022.
O'qildi: 1041 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик