Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Laporta: "Jerar azob chekyapti"

Laporta: "Jerar azob chekyapti"

Baho:
+ | -

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Kataloniya klubi himoyachisi Jerar Pikening xonanda Shakira bilan ajrashganidan so‘ng ahvoli haqida gapirdi. Unga ko‘ra, 35 yoshli ispaniyalik qiynalmoqda.

"Jerar azob chekayotgan oddiy odam. Bizning tasavvurimizcha, futbolchilarda shon-shuhrat, pul va biz yoqtiradigan hamma narsa bor, lekin ular odamlar, Jerar esa ajoyib inson. Pike sardorlardan biri, unga juda omad kulib boqdi va u "Barselona"ga ko‘p narsa berdi.

Yosh bolalarning otasi bo‘lib, o‘zi shunday holatlarga uchraganiga qaramay, muxlislarning barcha qo‘llab-quvvatlashi va mehriga loyiq. Uni his-tuyg‘ulari yo‘q, beparvo odamga o‘xshatishga harakat qiladigan yangiliklarga quloq solmang", dedi klub prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Pike va Shakira 12 yillik munosabatlardan so‘ng ajralishdi. Futbolchi xonandani aldagani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 11:45, 29.06.2022.
O'qildi: 7485 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик