Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut

"PSJ"da Sanshesh yiliga olti million yevro ishlab oladi

"PSJ"da Sanshesh yiliga olti million yevro ishlab oladi

Baho:
+ | -

"PSJ" "Lill" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh bilan shaxsiy shartnoma shartlarini deyarli kelishib oldi. RMC Sport xabariga ko‘ra, 24 yoshli portugaliyalik Parij klubida yiliga 6 million yevro oladi.

U PSJ bilan 3 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Avvalroq, Sanshesh uchun asosiy da’vogar qishdan beri futbolchini sotib olishga urinayotgan "Milan" edi. Biroq portugaliyalik so‘nggi daqiqada Italiya klubidan voz kechishga qaror qildi.

Renatu o‘tgan mavsumda “Lill” safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 19:55, 29.06.2022.
O'qildi: 2950 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.