Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Jamoasini almashtirishi kerak bo‘lgan futbolchilarning oldi o‘ntaligi

Jamoasini almashtirishi kerak bo‘lgan futbolchilarning oldi o‘ntaligi

Baho:
+ | -

2021-2022 yilgi mavsumni ham yakunlab oldik. Orada 1 oyga yaqin futbolchilar ta’tilda bo‘ldilar. Bugun esa yozgi transfer oynasi qizg‘in kechayotgan payt. Yevropaning oldi klublari o‘z tarkibida o‘zgartirishlar olib bormoqda. Hamma klub sotish va sotib olishga muhtoj. Quyida o‘z jamoasida autsayderga aylangan, yangi klubga o‘tishi kerak bo‘lgan futbolchilarning ashaddiy o‘nligini taqdim etamiz.

1. Antoni Marsyal

Ayni damda: "MYU"
Qiziqish bildirgan: unday klub mavjud emas

Fransiyalik hujumchi 2019-2020 yilgi mavsumda 23 bor raqib darvozasiga gol kiritib, "MYU"da yil futbolchisiga aylangandi. Shundan buyon Marsyal 9 marta gol urdi xolos. Shu sabab bugun u jamoasidan ketmoqchi.

2. Timo Verner

Ayni damda: "Chelsi"
Qiziqish bildirgan: "Yuventus", "Bavariya", "BVB"

Nega Verner ketishi kerak? Muammo shundaki, u o‘zidan kutilgan natijalarni qayd eta olmadi. Ha, ba’zida "Chelsi"da porlab chiqqan o‘yinlari ham bo‘ldi. Ammo bu narsa barqaror emasdi. U bir paytlar Bundesligada bajargan ishlarini yana qaytarishga umid qilgandi. Ammo o‘xshamadi. Endi esa Verner o‘ziga yangi jamoa izlashi kerak.

3. Nikolya Pepe

Ayni damda: "Arsenal"
Qiziqish bildirgan: "Milan", "PSJ"

Nega Pepe transfer bo‘lishga muhtoj bo‘lib qoldi? Harxolda, vaqti-vaqti bilan biz undan uchqun taralayotganini ko‘rib turibmiz. Hamma gap shundaki, Pepe o‘ynayotgan qanotda Bukayo Saka bor. "Arsenal" esa yana aynan o‘ng qanot uchun moslashgan Rafinyani sotib olishga harakat qilmoqda. Shu sabab Pepe tez orada ortiqcha bo‘lib qolish ehtimoli bor. Ammo u klub tarixidagi eng qimmat xarid (72 million funt) bo‘lib qolaveradi.

4. Xarri Vinks

Ayni damda: "Tottenxem"
Qiziqish bildirgan: "Everton", "Lester", "Kristal Pelas"

Nega Vinksni jamoadan ketkazish kerak? Bu savolga eng asosiy javob, futbolchida o‘ziga nisbatan yo‘qolib borayotgan ishonchdir. Qolaversa, endilikda "Tottenxem"da Vinksdan ko‘ra yaxshiroq futbolchilar yetarlicha. Sobiq Angliya terma jamoasi a’zosi hali yosh va unga qiziqayotgan klublar yetarlicha.

5. Oksleyd-CHemberlen

Ayni damda: "Liverpul"
Qiziqish bildirgan: "Aston Villa", "Kristal Pelas"

"Liverpul" uchun foydali tomoni kamayib ketgani sabab (balki qolmagan) bugun Aleks transferga muhtoj futbolchiga aylandi. Doimiy jarohatlar yarim himoyachini ancha qiynab qo‘ydi. Shu sabab ayni paytga kelib, u sog‘lom bo‘lsada, o‘yin qaydnomalariga kirishga ham qiynalmoqda.

6. Adrian Rabyo

Ayni damda: "Yuventus"
Qiziqish bildirgan: "MYU", "Arsenal", "Tottenxem"

Fransuz futbolchisining oxirgi mavsumdagi ko‘rsatkchilari ancha yomonlashib ketdi. U o‘yinlarda eng past ballarni ola boshladi. Shu sababli Rabyoning ketadigan payti kelib qolgani haqida yozmoqdamiz.

7. Oleksandr Zinchenko

Ayni damda: "Manchester Siti"
Qiziqish bildirgan: "Everton", "Arsenal"

Faqat Pep Gvardiolagina o‘ta talantli futbolchilarni ham sotib yuborishi mumkin. Zinchenko "Manchester Siti" bilan birga ko‘p yutuqlarga erishdi. Ammo ukrainalikning ketadigan vaqti yaqinlashgan ko‘rinadi. Chunki unga asosiy tarkibdan joy tegishi qiyin.

8. Yuri Tilemans

Ayni damda: "Lester Siti"
Qiziqish bildirgan: "Arsenal"

Bir qancha muddat "Arsenal"ning kuchki oltilikdagi o‘rni "Lester" tomonidan egallab olingandi. Ammo o‘tgan mavsum London jamoasi yana qaytdi. "Tulkilar" futbolchisi esa aynan "Arsenal" nishoniga aylandi.

9. Adama Traore

Ayni damda: "Vulverxempton"
Qiziqish bildirgan: "Tottenxem", "Lids", "Nyukasl"

Agarda ispaniyalik vinger bilan hammasi joyida bo‘lganida, uni allaqachon "Barselona" o‘ziniki qilgan bo‘lardi. Ammo olti oylik Barselona sarguzashti ham Adamaga yordam bermadi. Endi esa "bo‘rilar" uni sotishi kerak.

10. Marko Asensio

Ayni damda: "Real"
Qiziqish bildirgan: "Liverpul", "PSJ", "Milan"

Hozir yoki hech qachon! Asensio bu mavsumdan faoliyatini yangi joyda boshlagani ma’qul. Ha, u ham yosh. Ammo "Real" tarkibida unga "non" qolishi qiyin masalaga aylandi. Shu tufayli o‘zini asosiy tarkibga qo‘ya oladigan klubga o‘tish, Asensioga maqbulroq sanaladi.

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 17:54, 30.06.2022.
O'qildi: 7268 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.