Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

FIFA JCH—2022 uchun 1,8 million dona chipta sotib bo‘ldi

FIFA JCH—2022 uchun 1,8 million dona chipta sotib bo‘ldi

Baho:
+ | -

FIFA rasmiy sayti JCH—2022 o‘yinlariga chiptalar sotuvi bo‘yicha statistikani e’lon qildi.

Ayni damda jami 1,8 million chipta sotilgan bo‘lib, ularning aksariyati mezbon davlat Qatar mahalliy aholisi tomonidan xarid qilingan.

Shuningdek, Kanada, Angliya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Ispaniya, BAA va AQSH kuchli o‘nlikka kirgan.

Chiptalar sotuvining yangi bosqichi 5 iyulda boshlanadi. Agarda chiptalarga talab yuqorilab ketsa, onlayn sotuvda ham navbatlar yuzaga kelishi kutilmoqda.

Umumiy hisobda bir muxlis bitta o‘yin uchun 6 ta, butun musobaqa uchun maksimum 60 ta chipta olishi mumkin bo‘ladi. FIFA vakilining so‘zlariga ko‘ra, 3 million chipta sotish rejalashtirilgan.

Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati 21 noyabrda boshlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:39, 30.06.2022.
O'qildi: 1965 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик