Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Video o‘yinlarni hayotining bir qismiga aylantirgan yulduzlar

Video o‘yinlarni hayotining bir qismiga aylantirgan yulduzlar

Baho:
+ | -

 Futbolchilar ham biz kabi oddiy odamlar. Ular o‘rtacha odamlar bilan solishtirilganda nisbatan kattaroq boylikka ega bo‘lishi mumkin, ammo bu ular hayotdagi oddiy narsalardan zavqlanmaydilar degani emas.

Ushbu maqolada professional futbolchi bo‘lgan va zerikmaslik uchun video o‘yin o‘ynaydiganlar ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin. Ular tez orada pro-geymer darajasiga chiqa olmaydilar, lekin o‘zlarining konsollari bilan vaqtlarini zavqli o‘tkazishadi.

9. Neymar

Neymar albatta bu ro‘yxatda bo‘lishi aniq edi! Albatta, u video o‘yinlarni juda ko‘p o‘ynaydi. Ishonchimiz komilki, agar u futbolchi bo‘lmaganida, kibersportni tanlar edi.

“PSJ” yulduzi ham konsollarda, ham kompyuterda o‘yin o‘ynashni yoqtiradi. Aorus kompaniyasi tufayli Neymarning hatto maxsus shaxsiy kompyuterlari ham bor. Forvard FIFA o‘ynaydigan boshqa futbolchilardan farqli ravishda Efootball o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Shuningdek, u Fortnite, Call of Duty, CSGO va GTA o‘ynaydi.

8. Antuan Grizmann

"Atletiko Madrid" futbolchisi Antuan Grizmann video o‘yinlarni o‘ynashni yaxshi ko‘radigan yana bir futbolchi. U bir nechta yoqtirmagan jamoalarining ustidan kulganga o‘xshash gollari bilan mashxur. Shuningdek, Antuan Fortnite o‘yinini juda yoqtiradi. Fransuzning afzal ko‘rgan konsoli Xbox.

7. Jessi Lingard

Jessi Lingard - professional geymer. U bo‘sh vaqtining katta qismini video o‘yinlar o‘ynashga sarflaydi. Uning tanlagan o‘yini FIFA hisoblanadi. Lingard 2018 yilda "MYU" bilan Kubok finalida mag‘lub bo‘lgandan so‘ng, video o‘yinlarni doimiy ravishda o‘ynab keladi. U buni terapiya shakli sifatida qo‘llayotganini ko‘p bor aytgan.

6 Markus Reshford

Reshford PlayStation bilan ko‘p vaqtini o‘tkazadigan yana bir mashxur futbolchidir. Markus Reshford o‘yin-kulgi uchun video o‘yinlarni o‘ynaydi va bu borada u hali havaskor. Maydondagi professionallikni Reshford kibersportga kiritishi mumkin. Chunkt ohirgi vaqtlarda Markus ham katta vaqtini o‘yinlarga sarflamoqda.

5 Andrea Pirlo

Bu royxatda Pirloni ko‘rishni ko‘pchilik kutmagan bo‘lsa kerak. Ammo Andrevav ham video o‘yinlar jinnisi hisoblanadi. Afsonaviy italyan futbolchisi hatto Play Station konsolini dunyodagi eng yaxshi ixtiro deb atagan.

4 Fernando Torres

Fernando Torres – ham asosiy vaqtini o‘yinlarga sarflagan kunlar bo‘lgan. U “Liverpul”da paytlari unchalik mashxur bo‘lmagan o‘yin o‘ynagan. Asosiy vaqtini yirtqich hayvonlarni boqadigan o‘yinga sarflagan. Ba’zilar uning "Chelsi”dagi omadsizligiga sabab o‘sha o‘yinni o‘ynamay qo‘ygani deb ham aytishadi.

3 Devid Jeyms

Professional sifatida siz uchun foydali yoki foydasiz narsalar ro‘yxatini tuzib, unga doim amal qilishingiz kerak. Ammo Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Devid Jeyms bunday qilmagan. Tekken va Tomb Raider o‘ynashga asosiy vaqtini sarflagan darvozabonyakunda o‘zining faoliyatini ham shu o‘yinlar tufayli tugatgan.

2. Rayan Babel

Rayan Babel butun jahon chempionatida zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan. 2010 yilda Niderlandiya va Ispaniya o‘rtasidagi bahsni tomosha qilish o‘rniga Babel, Pes 2010 o‘yinini o‘ynagan. Uning ustiga turli platformalarda strim ham qilgan.

1. Vendell Lira

Bir vaqtda ikki kasb bilan shug‘illanish mukinligini isbotlagan futbolchi Lira hisoblanadi. Uning ro‘yxatda birinchi o‘rindaligiga sabab: u haqiqiy professional kibersportchi edi. 2015 yilning eng chiroyli goli muallifi hisoblangan Vendell hozirgi kunga qadar video o‘yinlardan ishlab topgan puli futboldan topgan pulidan ikki baravar ko‘p. Mana shu sabablar uni ro‘yxatda birinchi o‘rinni band qilishiga yetarli bo‘ldi.  

Albatta, video o‘yinlar o‘ynash yomon narsa emas. Shunchaki unga mukkasidan ketish va asosiy ishini unitib qo‘yish kerak emas.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:55, 01.07.2022.
O'qildi: 2796 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.