Madridning "Atletiko" klubi markaziy himoyachisi Xose Ximenes faoliyatining so‘nggiga qadar klubda qolishga tayyor.
Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ximenes 2014/15 yilgi mavsumdan boshlab Madrid klubi asosiy tarkibida muntazam ravishda o‘ynaydi.
Himoyachi hozirda 27 yoshda, ammo u faoliyatini Diyego Simeone jamoasida davom ettirishni xohlaydi. Urugvaylik o‘tgan mavsum La Ligada bitta gol va bitta assist qayd etdi.