Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Sevinch» Hindistonning eng yaxshi futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

«Sevinch» Hindistonning eng yaxshi futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Hindiston ayollar terma jamoasi a’zosi Dangmey Greys "Nasaf" klubi qoshidagi "Sevinch" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda hind nashrlari xabar tarqatdi. Manbaga ko‘ra, kelishuv 6 oyga mo‘ljallangan.

26 yoshli futbolchi so‘nggi 2 yilni "Gokulam Kerala" klubida o‘tkazdi. U 2013 yildan buyon Hindiston milliy jamoasi a’zosi hisoblanadi.

"Har bir o‘yinchida bo‘lganidek menda ham xorij klubida to‘p tepish orzusi bor edi. Ushbu maqsadim amalga oshadigan bo‘ldi. Men juda ham hayajondaman. Men hali "Sevinch" bosh murabbiyi bilan gaplashmadim. Ammo bu jamoaning o‘yin uslubi "Gokulam Kerala"dan farq qilsa kerak deb o‘ylayman. Jamoaga moslashib olish mening dastlabki maqsadim hisoblanadi", — dedi Dangmey.

Dangmey Greys 2019 yilda Hindistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Ma’lumot o‘rnida. "Sevinch" O‘zbekiston chempionatining joriy mavsumida 11-turdan keyin 29 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "So‘g‘diyona" hisobida ham shuncha ochko mavjud. "Bunyodkor" esa ulardan bir ochko kam jamg‘argan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:26, 06.07.2022.
O'qildi: 3566 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик