Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 1-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"Bavariya" bu futbolchi uchun hatto Pavardan kechishga tayyor edi

"Bavariya" bu futbolchi uchun hatto Pavardan kechishga tayyor edi

Baho:
+ | -

"Bavariya" "Atletiko" hujumchisi Joau Feliksga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Sport1.de.

Manbaga ko‘ra, sport direktori Hasan Salihamidjich boshchiligidagi Myunxen klubi menejerlari 22 yoshli portugaliyalikni jamoaga taklif qilib, tarkibni kuchaytirmoqchi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, iyun oyida "Bavariya" hujumchining transferi borasida Madrid klubi bilan jiddiy aloqalarni boshlagan, biroq rad etilgandi.

Shu bilan birga, “Atletiko” Feliksni 80 million yevrolik taklifga ham qo‘yib yuborishga tayyor emas. Madridliklar futbolchini sotishga qaror qilsalar, kamida 100 million yevro tovon puli olishga harakat qilishadi.

"Bavariya" portugaliyalik futbolchining narxini pasaytirish uchun himoyachi Benjamin Pavardni ham qo‘shishni ko‘rib chiqdi. Ammo Madrid klubi bu variantga qiziqmadi.

Feliks o‘tgan mavsumda "matraschilar" safida 34 ta o‘yinda 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.

Kiritildi: 14:01, 12.07.2022.
O'qildi: 3573 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик