Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

“Metallurg”: ikkinchi davraga tayyorgarlik boshlandi. Murabbiylar shtabida o‘zgarish bor

“Metallurg”: ikkinchi davraga tayyorgarlik boshlandi. Murabbiylar shtabida o‘zgarish bor

Baho:
+ | -

O‘zbekiston XXXI milliy chempionat davralar oralig‘idagi tanaffus qisqarib, hal qiluvchi ikkinchi davra boshlanishiga ham sanoqli kunlar qolayapti. Birinchi davradan keyingi ta’til hamda Qurbon hayiti bayramini oilasi davrasida o‘tkazgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi a’zolari o‘quv-mashg‘ulot maskanlarida jamlanishdi va ikkinchi davra tadorigiga kirishdi. Mashg‘ulotlar har kuni ikki mahaldan tashkil etilyapti. Kunning birinchi yarmida murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini tiklash mashqlariga e’tibor qaratishayotgan bo‘lishsa, kunning ikkinchi yarmida esa to‘p bilan ishlash, o‘yin amaliyotini shakllantirishga urg‘u qaratilyapti. Mashg‘ulotlar trenajer zali hamda “Metallurg” stadionida olib borilayapti.

Ikkinchi davra boshlanishi arafasida “Metallurg” murabbiylar shtabida juz’iy o‘zgarishlar kuzatildi. Xususan oilaviy sharoitiga ko‘ra jamoaning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Alberto Barrikal klub bilan ikki yoqlama shartnomani bekor qildi. Shuningdek, jamoa tahlilchi murabbiy Artem Petrosyan bilan xayrlashdi.

“Metallurg” mashg‘ulotiga davralar oralig‘ida jamoa bilan shartnoma imzolagan Anvarjon G‘ofurov qo‘shildi. Yozgi transfer oynasidan foydalangan holda klub tarkibning boshqa chiziqlarini ham kuchaytirishga e’tibor qaratadi.

Manba: "Металлург" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:09, 15.07.2022.
O'qildi: 1215 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик