Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Rasman: «Metallurg»da ispaniyalik yana bir mutaxassis ish boshladi

Rasman: «Metallurg»da ispaniyalik yana bir mutaxassis ish boshladi

Baho:
+ | -

“Metallurg” PFK bosh murabbiyi Luisma Ernandesning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha yordamchisi Alberto Barrikal oilaviy sharoiti tufayli o‘z yurtiga jo‘nab ketganligi haqida xabar bergandik. Kuni kecha Bekobodga Piriney orollaridan yana bir ispan mutaxassisi yetib keldi. Endilikda jamoa o‘yinchilarining jismoniy tayyorgarligiga jismoniy faollik hamda sport fani yo‘nalishi bo‘yicha falsafa fanlari doktori Roberto Ovexero javob beradi.

Roberto Ovexero 48 yoshda, 1974 yilning 2 sentyabr kuni tavallud topgan. 1993-1998 yillar mobaynida Madrid politexnika universitetining jismoniy tarbiya fakultetida tahsil olgan. Futbol hamda gimnastika bo‘yicha sport ustasi.

Ish faoliyatini suzish turi bo‘yicha boshlagan. 1995 – 2015 yillar oralig‘ida Madrid futbol federasiyasi qoshidagi murabbiylar mahorati maktabida o‘qituvchi bo‘lib xizmat qilgan. 2013 yildan 2016 yilgacha Madriddagi sport fizioterapiyasiga ixtisoslashgan Yevropa universiteti magistrantlariga dars bergan. 2019-2021 yillar mobaynida esa Madrid politexnika universitetida faoliyat olib bordi. Doktorlik dissertasiyasini ham aynan shu dargohda yoqladi. 2015 yili UYEFAning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha A toifali murabbiyi lisenziyasiga ega bo‘ldi.

Futbol sohasida Roberto Ovexero Ispaniyalik taniqli mutaxassis Fernando Yerro bilan birgalikda faoliyat yuritganligini ham qayd etish lozim.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 20:46, 15.07.2022.
O'qildi: 1699 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик