Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids

Levandovski: "Umid qilamanki, barcha sovrinni qo‘lga kiritamiz"

Levandovski: "Umid qilamanki, barcha sovrinni qo‘lga kiritamiz"

Baho:
+1 | -

Hujumchi Robert Levandovski "Barselona"ga o‘tish bo‘yicha kelishuvning tuzilishi haqida fikr bildirdi.

"Barselona"ga o‘tganimdan xursandman. Oxirgi kunlar juda uzoq o‘tdi, lekin bu mening hayotimdagi yangi bob, men uchun yangi sinov. Men g‘alaba qozonishni istagan futbolchiman va men o‘yinlar haqida emas, balki unvonlar haqida gapiryapman. Shunday ekan, birinchi o‘yinlardan g‘alaba qozonib, chempionlik sari yetib boramiz, degan umiddaman. Men doim Ispaniyaning top-klubida o‘ynashni xohlaganman. Umid qilamanki, biz qo‘limizdan kelgan barcha chempionlikni qo‘lga kiritamiz. Men Xavi bilan gaplashdim, u juda aqlli, uning klubdagi kelajagi ajoyib. Men bu kelajakning bir qismi bo‘lishni xohlayman. Jamoada ajoyib o‘yinchilar ko‘p, biz birga cho‘qqiga chiqa olamiz”, - dedi Levandovski klub matbuot xizmatiga.

16 iyul kuni "Barselona" "Bavariya" bilan Levandovskini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Hujumchi kataloniyaliklar bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2025 yilga qadar imzolaydi.

"Bavariya"da 8 mavsum davomida Levandovski 375 o‘yinda 344 gol urdi va 72 golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 09:55, 18.07.2022.
O'qildi: 1963 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.