Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli 0-0 Parma
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA

Ten Xag: «Ronaldu pressingda ishtirok etish uchun kuchi yetadi deb o‘ylayman»

Ten Xag: «Ronaldu pressingda ishtirok etish uchun kuchi yetadi deb o‘ylayman»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Krishtianu Ronalduning kelajagi borasida to‘xtalib o‘tdi.

– Krishtianuning jamoa bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolganini inobatga olgan holda jamoa o‘yinini yo‘lga qo‘yish qanchalik qiyin bo‘ladi?
– Menga ma’lum bo‘lishicha, shartnomani yana bir yilga uzaytirish borasida band mavjud. Ha, u yana bir mavsumga jamoada qolishi mumkin. Ammo, ochig‘ini aytsam, men "MYU" bilan tuzgan 3 yillik shartnoma ham uzoq muddat hisoblanmaydi. Biz ilk o‘yindanoq g‘alaba qozona boshlashimiz kerak. Uzoqqa nazarda tashlamayapman.

Menda strategiya bor. Uning ustida ishlash uchun vaqt kerak. Ammo biz eng boshidanoq g‘alabani ko‘zlagan jamoa bo‘lishimiz zarur.

– Ronaldu bilan gaplashdingizmi?
– Vaziyat hamon o‘zgarmadi.

– Ronaldu pressing borasida talablaringizga javob bera oladimi?
– O‘ylashimcha, bunga uning kuchi yetadi. Faoliyati davomida u buni isbotlagan. Mening o‘z talablarim bor va o‘z uslubim bor. Top-futbolchilar jamoa muvaffaqiyatiga hissa qo‘sha olishadi. Ronaldu esa top-futbolchi hisoblanadi.

Jamoa ixtiyorida qanday futbolchilar borligidan kelib chiqib o‘yin uslubini yaratamiz. Ayniqsa, bu to‘purarlarga bog‘liq. Ular jamoa uchun favqulotda muhim hisoblanishadi. O‘yin ularning atrofida tuziladi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:39, 18.07.2022.
O'qildi: 3580 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.