Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Viktor Kumikov: «Xavotirli joyi yo‘q»

Viktor Kumikov: «Xavotirli joyi yo‘q»

Baho:
+ | -

Ma’lumki, kecha "Andijon" Bekobodda “Metallurg” klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Mazkur bellashuvdan so‘ng “Andijon” bosh murabbiyi Viktor Kumikov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Tog‘dagi yig‘inimizdan keyin biroz pasayish kuzatildi. Birinchi bo‘limda o‘yin tempini ushlab turdik. Keyin ko‘rindiki, tog‘dagi tayyorgarlikdan so‘ng pasayish sezildi. Bu holat 4-5 kun davom etishi mumkin.

Bizning maqsadimiz toza o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish edi. Buni amalda ko‘rib oldik. Shu tarzda mavsumga tayyorlanyapmiz. Xavotirli joyi yo‘q. Muhimi, yigitlar yomon o‘yin ko‘rsatishmadi.

Raqib jamoa o‘zimizning xatolarimiz evaziga gollar urishdi. Ular saviya va mahorat bobida bizdan biroz ustun. Albatta, biz ham imkoniyatlarni yaratdik, lekin foydalana olmadik. Sababi, futbolchilarimiz og‘ir yuklamalar ostida o‘ynashyapti. Yangi o‘yinchimiz Suhrob Berdiyevni harakatlaridan qoniqdim. U o‘zini ko‘rsatishga harakat qilyapti", - dedi Viktor Balyutovich.
 
“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 11:45, 21.07.2022.
O'qildi: 1401 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик