Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Tarixdan sadolar: APLning super-assistenlari o‘ntaligi!

Tarixdan sadolar: APLning super-assistenlari o‘ntaligi!

Baho:
+ | -

10. Devid Bekxem - 80 ta.

Ingliz futbolining eng afsonaviy va iqtidorli vakili sifatida e’tirof etiladigan futbolchi "MYU" uchun katta ishlarni amalga oshirgan. Bekxem 1992-2003 yillar davomida bu jamoa safida APL doirasidagi bahslarda 80 ta assist qilishga erishgan edi. Yarim himoyachi ingliz futboli tarixida 100 ta YECHL o‘yinida ishtirok etgan ilk futbolchi ham edi. U "Manchester Yunayted" bilan YECHLda bir marta, APLda olti marta, shuningdek, Angliya kubogida ikki marotaba zafar quchishga erishgan.

9. Jeyms Milner - 86 ta.

Bekxem kabi o‘ziga xos bo‘lgan yana bir futbolchi bu Jeyms Milnerdir. U o‘zining APLdagi uzoq o‘yinlari bilan ajralib turadi. Milner 2002 yilda "Lids" bilan ilk bor APLda debyut qilgandi. Ayni damda ko‘pfunksiyali yarim himoyachi "Liverpul" bilan birga. 61 marta Angliya terma jamoasida ko‘rinish bergan Milner, APLda gol urgan eng yosh futbolchi sanaladi. U bir bor mamlakatda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan. Milner hozirga qadar 3 marta APLda, bir marta esa YECHLda zafar quchgan. Qolaversa, unda mamlakat kubogi va liga kubogi titullari mavjud.

8. Kevin De Bryuyne - 86 ta.

Milner bilan birga hozir ham ancha aktiv harakat qilib kelayotgan futbolchi bu "Manchester Siti" a’zosi Kevin De Bryuynedir. "Shaharliklar" tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachi o‘zining barqaror o‘yini bilan ajralib turadi. APLda assist qayd etish borasida Kevin Milner bilan bir xil ko‘rsatkichga ega – 86 ta. Belgiya terma jamoasi 2015 yildan beri "Manchester Siti" bilan birga 4 marta APLni, 1 marta Angliya kubogini va yana 5 marta liga kubogini qo‘lga kiritishga erishgan.

7. Stiven Jerrard - 92 ta.

Butun faoliyatini "Liverpul"ga bag‘ishlagan futbolchi ingliz futbolida alohida o‘ringa ega. Mersisaydliklarga 17 yil davomida xizmat qilgan Jerrard, 500 dan ortiq o‘yinlarda maydonga tushishga erishgan. U 2015 yildagina jamoani tark etib, MLSga yo‘l oladi. Stivi Ji "Liverpul" safida jami 9 ta sovrin yutishga muvaffaq bo‘ladi. Ular ichida 2005 yildagi YECHL kubogi ham bor.

6. David Silva - 93 ta.

Ispan futbolining eng yuksalgan davrlarini Silvasiz tasavvur etish qiyin, albatta. U "Manchester Siti"ning kuchayishida ham katta o‘ringa ega. U APLdagi 400 dan ortiq o‘yini davomida Angliyada oldin bo‘lmagan uslubni olib kira olgandi. 2020 yilda "shaharliklar" safidagi 10 yillik xizmatini yakunlagan Silva, yana Ispaniyaga qaytadi. Bu qaytish uni qahramon qiladi. Chunki bir dekada davomida u 4 marta APL chempioni, 2 marta kubok, 5 marta liga kubogi egasiga aylana olgan.

5. Dennis Bergkamp - 94 ta.

"Arsenal"dagi daho futbolchilardan biri bo‘lgan niderland o‘g‘loni, zamonaviy futbolning ham aksiga aylanadi. Bergkamp London jamoasi bilan 3 ta APL titulini, 4 ta kubokni boshi uzra baland ko‘tarishga erishgan. Uning faoliyati cho‘qqisi 2003-2004 yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi. O‘shanda "Arsenal" APLda birorta mag‘lubiyatga uchramay Angliya chempioni bo‘lgandi.

4. Frenk Lempard - 102 ta.

Lempard APL daholaridan biridir. U 600 marta liga bahslarida ishtirok etgan. Shulardan 400 tasi "Chelsi" ulushiga to‘g‘ri keladi. Yarim himoyachi bu o‘yinlar davomida 177 ta gol hamda 102 ta assistga mualliflik qilishga erishgan edi. Lempard "Chelsi" ilk marta YECHLni qo‘lga kiritganida katta ish bajarib bergandi. O‘shanda "Bavariya" o‘z uyida tor-mor etiladi. Ingliz futbolchisi jami 3 ta APL tituli, 4 ta Angliya kubogi hamda yana 2 ta liga kubogiga ega chiqqan.

3. Ueyn Runi - 103 ta.

Runi "MYU"ni 2017 yilda klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar sifatida tark etadi. U APL davrining ikkinchi raqamli eng yaxshi goleadori edi (208 ta gol). Hujumchi klub miqyosidagi yutish mumkin bo‘lgan sovrinlarning barchasiga ega chiqqan. Runi uch bor mavsum goliga mualliflik qiladi. U faoliyatining so‘ngida hujumchilikdan yarim himoyaga ko‘chib o‘tgan edi.

2. Sesk Fabregas - 111 ta.

O‘yinni nazorat qilish borasida mutaxassisga aylangan futbolchi, APLda ikki klub sharafini himoya qiladi. U dastlab "Arsenal"da o‘zini ko‘rsatadi. Keyin esa besh yil mobaynida "Chelsi"da harakat qiladi. Bu davrda jami 111 ta assist qilishga ulgurgan. Fabregas 3 yil "Barselona"da ham o‘ynab ketadi. Uning eng katta yutug‘i 2010 yildagi Jahon chempionatidagi zafar edi. Sesk APL, Angliya kubogi hamda liga kubogida zafar quchgan.

1. Rayan Giggz - 162 ta.

Ro‘yxatning eng yaxshi ko‘rsatkichi Uels faxri bo‘lgan Giggzga tegishli. U 2014 yilda "MYU" va APLdan ketadi. Ammo uning assistlar borasida o‘rnatgan rekordi shundan buyon o‘z kuchini yo‘qotmay turibdi. U jami 632 ta APL bahsi havosidan nafas olishga erishgan. Futbolchi bu davr mobaynida 13 marta APL chempioni, 2 ta YECHL kubogi, 4 ta Angliya kubogi sohibiga aylanadi. Giggz yarim himoyaning haqiqiy qo‘rg‘oni edi.

 

 

Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 18:25, 22.07.2022.
O'qildi: 2444 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.