Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

A Seriyada yangi nomlar, yangi yetakchilar. Ular mas’uliyatni olishga qaror qildi

A Seriyada yangi nomlar, yangi yetakchilar. Ular mas’uliyatni olishga qaror qildi

Baho:
+ | -

A Seriyaning yangi mavsumidagi 20 ta jamoadan 10 tasida sardorlar almashdi. Ular orasida "Yuventus", "Napoli" va "Milan" ham bor.

A Seriyaning yangi mavsumi 13 avgustda boshlanadi. Sardorlik bog‘ichida o‘ynaydigan yangi futbolchilar bilan tanishish vaqti keldi.

Filippo Bandineli ("Empoli")

"Empoli" o‘tgan mavsumda doimiy sardorga ega emas edi. Lekin shunga qaramay, jamoada Simon Romanyolidek eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi yo‘q. Himoyachi "Parma"ga erkin agent sifatida yo‘l oldi. Yangi sardor Filippo Bandineli sifatida tanishtirildi. Italiyalik futbolchi markaziy yarim himoyachi sifatida o‘ynaydi. 21/22 mavsumda u 35 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, futbolchi o‘z klubida eng ko‘p sariq kartochka olgan (10ta). "Empoli" uchun Filippo ketma-ket to‘rtinchi yilni o‘tkazadi.

Leonardo Bonuchchi («Yuventus»)

Hatto Turinning asosiy klubi ham o‘z sardorini o‘zgartirdi. Ilgari Jordjo Kyellini va Paulo Dibala bu bog‘ichda o‘ynashgan. Bonuchchi sardor bo‘lishga loyiq edi. Leonardo "Yuventus"da 10 yil o‘ynadi va ishtiyoqi yo‘qolmagan. O‘tgan mavsumda italiyalik futbolchi asosan jarohatlar tufayli maydonga tushmagandi. Noyabr, yanvar va mart oylari uning uchun ancha og‘ir kechdi.

Alessandro Tuyya ("Lechche")

"Lechche" Italiya oliy ligasiga hech qanday muammosiz qaytdi, Fabio Lutchioni B seriyada klubiga sardor edi, ammo italiyalik futbolchi "Frozinone"ga qaytishga majbur bo‘ldi. Alessandro o‘tgan mavsumda "Benevento"dan jamoa tarkibiga kelib qo‘shilgan va darhol asosiy himoyachiga aylandi, endi uni sardorlik bog‘ichiga loyiq desak ham bo‘laveradi.

Davide Kalabriya (“Milan”)

Romanyoli “Lasio”ga tekinga o‘tib ketdi. Alessio "Milan"da 7 yilni o‘tkazdi, ammo o‘tgan mavsum uning uchun muvaffaqiyatli o‘tmadi. 24 ta o‘yin (Chempionlar ligasida 5 ta va A Seriyada 19 ta), barchasi jarohat tufayli ko‘kka uchdi. Davide Italiya oliy ligasining eng yosh sardorlaridan biri (25 yosh). Italiyalik futbolchi butun faoliyatini "Milan"da o‘tkazgan (165 o‘yin).

Matteo Pessina ("Monsa")

Matteo yaqinda "Monsa"ga o‘tdi, "Atalanta" uni 1 yilga ijaraga oldi. Pessina - 2020 yilgi Yevropa chempioni hisoblanadi, italiyalik hattoki Uels va Avstriyaga qarshi o‘yinlarda 2 marta g‘alabali gollarni urgan. Hujumchi o‘zining sevimli bolalik klubida sardor bo‘ladi. Matteo o‘tgan mavsumda 31 o‘yin o‘tkazdi.

Jovanni Di Lorenso (“Napoli”)

Lorenso Insinye “Toronto” (MLS)ga yo‘l olib, klubini erkin agent sifatida tark etdi. Kalidu Kulibali "Chelsi"ga 38 million yevro evaziga o‘tdi. Rahbariyat kapitan roliga eng mos futbolchi deya Jovannini e’tirof etdi. Di Lorenso o‘ng qanotda o‘ynaydi, o‘tgan mavsumda u 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Frank Riberi (“Salernitana”)

Milan Yurich oxirgi mavsumni sardorlik bog‘ichida eng ko‘p o‘tkazdi. Ammo "Verona" uni o‘ziga og‘dirdi. Endi bog‘ich Frank Riberiga tegdi. Bu albatta ajablanarli hol emas. Fransuz allaqachon 39 yoshda, lekin u hali ham yaxshi sport formasida o‘ynamoqda. 21/22 mavsumda forvard klubda eng ko‘p asosiy uzatmalarni amalga oshirdi (har bir o‘yinda o‘rtacha 1,3).

Janmarko Ferrari ("Sassuolo")

Janmarko ketma-ket 7 yilni "Sassuolo" formasida o‘tkazdi. Italiyalik futbolchi chap va markaziy himoyachi sifatida o‘ynaydi. O‘tgan mavsumda Ferrari ikki ko‘rsatkich bo‘yicha klubda eng yaxshisi bo‘lgan: har bir o‘yinda aniq uzun paslar (o‘rtacha 4,6) bo‘yicha yetakchiga aylangan.

Sasha Lukich ("Torino")

Bellotining shartnomasi yakunlandi va Andrea endi erkin agentga aylandi. Lukich - serbiyalik yarim himoyachi, 21/22 mavsumda u 35 ta o‘yin o‘tkazdi, 5 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Sasha sermahsul o‘yinchi, ko‘pincha jarima maydonchasi tashqarisidan zarba beradi, aniq paslar bilan jamoadoshlarini ta’minlay oladi.

Roberto Pereyra («Udineze»)

«Udineze»ning yangi sardori argentinalik ko‘p qirrali futbolchi. Markaziy va hujumkor yarim himoyachi sifatida o‘ynaydi, ba’zida hujumchi pozisiyasida ham o‘ynay oladi. Uning kuchli tomonlari bor: to‘p uzatish va yuqori bosim. Ammo ba’zida u o‘zini maydonda nazorat qila olmaydi va ba’zida kartochkalar bilan siylanadi. O‘tgan mavsumda u 24 o‘yin o‘tkazib, gol-pas tizimida 8 ochko jamg‘ardi.

Kiritildi: 23:03, 25.07.2022.
O'qildi: 2153 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.