"Bryugge" yarim himoyachisi Sharl de Ketelare "Milan"ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.
Manbaning xabariga ko‘ra, milanliklar 21 yoshli belgiyalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni 26-iyul kuni yakunlamoqchi.
Futbolchining o‘zi bu transferni talab qilmoqda va "Milan"ga transfer amalga oshishi uchun "Bryugge"ga bosim o‘tkazmoqda.
2021/22 yilgi mavsumda De Ketelare “Bryugge” safida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.