Teamtalk xabariga ko‘ra, "Lids" "Real" himoyachisi Migel Gutyerresga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, Madrid klubi 20 yoshli futbolchini sotmoqchi va uni taxminan 7 million funtga baholamoqda.
Gutyerres o‘tgan mavsumda "Real" safida barcha musobaqalarda to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.