Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Jo‘rabek Zoirov: «Osiyo chempionatida yoshlarimiz har bir vazn toifasida shaxsiy rekordlarini yangilashdi»

Jo‘rabek Zoirov: «Osiyo chempionatida yoshlarimiz har bir vazn toifasida shaxsiy rekordlarini yangilashdi»

Baho:
+ | -

Toshkent shahri mezbonlik qilgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Har qanday musobaqa faqat sportchi uchun emas, balki ularning ustozlari uchun ham muhim sinov hisoblanadi. Supachaga chiqqan vaqtida shogirdidanda ko‘proq hayajonlanadigan, yutuqlaridan sevinadigan inson ham ustozdir.

Osiyo chempionati yakunida shogirdlarining muvaffaqiyatidan quvonayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Jo‘rabek Zoirovning musobaqa borasidagi fikrlariga quloq tutdik.

“Yurtimizda o‘tkazilgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqada 25dan ortiq davlatdan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Ushbu qit’a birinchiligida to‘liq tarkib bilan ishtirok etdik. Asosiy raqiblarimiz Eron, Vyetnam, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Indoneziya davlatlaridan kelgan sportchilar bo‘lishdi. Murosasiz kechgan bellashuvlarda yoshlarimiz har bir vazn toifasida o‘zlarining shaxsiy rekordlarini yangilashdi. Musobaqaning so‘nggi kunida esa og‘ir vazn toifasidagi shogirdim Mirhosil Mirzaboyev yoshlar o‘rtasida oltin, ikki kurashda kumush medal sohibiga aylandi.

O‘smir va yoshlar o‘rtasida umumjamoa hisobida o‘g‘il bolalarimiz 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Qizlar o‘rtasida esa yoshlar umumjamoa hisobida 1-o‘ringa, o‘smir qizlar esa 2-o‘ringa sazovor bo‘lishdi. Boshqa davlatlardan kelgan sporchilar ham yaxshi natija bilan o‘z vatanlariga qaytishdi. Bu kabi musobaqalarning yurtimizda o‘tkazilishi avvalo O‘zbekiston nomini dunyoga tanitish uchun katta imkoniyat bo‘lsa, qolaversa, sportchilarimizga Jahon chempionati, Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun zamin yaratadi. Keyingi musobaqamiz joriy yilning avgust oyida Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom birdamlik o‘yinlaridir. Ushbu musobaqada yangi tarkib bilan ishtirok etamiz. V Islom birdamlik o‘yinlaridan ham yuqori natijalar bilan qaytish niyatimiz bor,” – deya so‘zini yakunladi murabbiy Jo‘rabek Zoirov.

Ma’lumot uchun, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bahslarida qatnashgan Tursunoy Jabborova, Sharofiddin Amriddinov, Nigora Suvonova kabi iste’dodli sportchilarimiz Islom birdamlik o‘yinlarida ishtirok etishadi.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 17:59, 26.07.2022.
O'qildi: 1425 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.