Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

“Bunyodkor” prezidenti: “Bunyodkor”ning Superligani birinchi davrasidagi ishtiroki meni umuman qoniqtirmadi"

“Bunyodkor” prezidenti: “Bunyodkor”ning Superligani birinchi davrasidagi ishtiroki meni umuman qoniqtirmadi"

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, yozgi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘tkazgan “Bunyodkor” kecha erta tongda yurtimizga qaytib keldi. E’tiborlisi, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullayev shu kunning o‘zidayoq “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, jamoa a’zolari bilan uchrashdi. Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda Minsk yig‘ini va jamoaning Superligani birinchi davrasidagi ishtiroki chuqur tahlil qilindi.

“Bunyodkor”ning Superligani birinchi davrasidagi ishtiroki meni umuman qoniqtirmadi. Vaholanki, jamoaga barcha sharoitlar yaratib berildi. Yoki kamchiliklar bormi? “Bunyodkor” yozgi yig‘inni xorijda o‘tkazgan O‘zbekistonning yagona jamoasi bo‘ldi. Shunday ekan, ikkinchi davrada natijalar yaxshi tomonga o‘zgarishi shart! “Bunyodkor” O‘zbekiston chempionatida yuqori o‘rinlarda yurishga loyiq. O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritish vaqti keldi. Yodda tutinglar, Osiyo chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan o‘rinlarning birini egallash bu yilgi asosiy vazifalaring. Vazifa bajarilsa biz tarafdan rag‘bat shunga mos bo‘ladi. “Bunyodkor” yurtimizdagi o‘z akademiyasiga ega kam sonli jamoalardan biri hisoblanadi. Demak, tarkibni shakllantirishda eng avvalo tarbiyalanuvchilarimizga e’tibor qaratish lozim. Chetdan futbolchi taklif qilinishida tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yilmasligi kerak”, - dedi Mehriddin Abdullayev.

Shundan so‘ng bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Viktor Karpenko so‘zga chiqib, avvalo, klub prezidentiga yaratilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Viktor Aleksandrovich jamoada mehnat qilayotgan hamma insonlar e’tibor va mas’uliyatni his qilayotganini ta’kidlar ekan, mavsumning ikkinchi qismidagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba uchun maydonga tushib, qo‘yilgan vazifani bajarish yo‘lida qattiq mehnat qilishlarini aytib o‘tdi.

Jamoa sardori Davronjon Ergashev ham so‘z olib, Minsk yig‘ini va e’tibor uchun Mehriddin Razzoqovichga minnatdorchilik bildirdi. Futbolchilar albatta ishonchni oqlashlari va faqat g‘alaba uchun maydonga tushishlarini ta’kidlab, sardor sifatida jamoadoshlariga bosh bo‘lishini ma’lum qildi.

Manba: "Бунёдкор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 07:58, 28.07.2022.
O'qildi: 1393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик