Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Premyer-liganing yangi klubi transfer bozorini yondirmoqda. Hatto “PSJ” va “Manchester Siti” buncha pul sarflamadi!

Premyer-liganing yangi klubi transfer bozorini yondirmoqda. Hatto “PSJ” va “Manchester Siti” buncha pul sarflamadi!

Baho:
+ | -

Tasavvur qiling-a, Premyer-liga so‘nggi yillarda qanchalik boyib ketdi, ligaga yangi kelgan klub darhol katta miqdordagi transferlarni amalga oshirishi mumkin. Bu yil tarix takrorlanmoqda: “Nottingem” 23 yildan so‘ng elitaga uzoq kutilgan qaytishga erishdi. Va darhol tarkibni yangi o‘yinchilar bilan kuchaytirishga kirishdi.

“Nottingem” ko‘p pul sarfladi. Kimlar sotib olindi?

Tayvo Avoniy – 20,5 million yevro hujumchi o‘tgan mavsumda Bundesligada 15 ta gol urdi va avvalroq “Liverpul”ning yoshlarida o‘ynagan Angliyaga qaytishga rozi bo‘ldi. Shu bilan birga, nigeriyalik hali ham o‘zining eng yuqori cho‘qqisida emas - u 24 yoshda.

Neko Uilyams - 20 million yevro yana bir "Liverpul"ga bog’liq futbolchi. O‘ng qanot himoyachisi Trent Alexander-Arnoldga o‘rinbosar edi, ammo o‘yin amaliyotiga juda muhtoj edi. U Yurgen Klopp jamoasida o‘tgan mavsumda APLda atigi 7 daqiqa maydonda bo‘lgan. Natijada “Nottingem” 21 yoshli o‘yinchini jamoaga qo‘shib oldi.

Mussa Nyakat – 10 million yevro. “Nottingem”ga tajribali futbolchilar kerak, ayniqsa himoyada. 26 yoshli fransiyalik Nyakat o‘tgan mavsumda “Mayns” safida Bundesligada 30 ta o‘yin o‘tkazdi va hatto 4 ta gol urishga erishdi.

Julian Byankon - 10 million yevro. Angliya klubi “Trua”ning universal himoyachisi uchun yana o‘n milliondan voz kechdi. 22 yoshli fransiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda Liga 1da 33 o‘yin o‘tkazdi. Byankon ikkala qanotda ham, himoya markazida ham o‘ynay oladi. U yo Neko Uilyamsga raqobat qiladi yoki murabbiylar shtabining boshqa rejalari bor.

Omar Richards - 8,5 million yevro. “Nottingem” transferlarga shunchalik kirishib ketdiki, hatto "Bavariya"dan o‘yinchi sotib olishdi! 24 yoshli chap qanot himoyachisi o‘tgan mavsumda Bundesligada 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va endi vataniga ko‘proq o‘ynash uchun qaytib keldi.

Lyuis O'Brayen - €5,9 million yevro. O'Brayen o‘tgan mavsumda "Xaddersfild" safida Chempionshipda 46 ta o‘yinda maydonga tushdi va final hushtagi yangraguncha faqat ikki marta maydonni tark etdi. Yana bir afzalligi shundaki, ingliz futbolchisi 23 yoshda.

Xarri Toffolo – 5,9 million yevro. “Xaddersfild”ning yana bir futbolchisi. Va Richards kabi chap qanot himoyachisi. 26 yoshli Toffolo Chempionshipda 45 ta o‘yin o‘tkazdi va ishonchli vinger darajasida statistika ishlab chiqdi: gollar va paslarda 6+8 natija.

Bu transferlardan tashqari “o‘rmonchilar” yarim himoyachi Brandon Agilerani 950 ming yevroga sotib oldi va darhol uni ijaraga yubordi. Erkin agent sifatida kelganlar ham bor: yarim himoyachi Jessi Lingard va darvozabon Ueyn Xennessi erkin agent sifatida kelgan. Shu bilan birga, "Nottingem" "Manchester Yunayted" darvozaboni Din Xendersonni ijaraga oldi.

Lekin bu hammasi emas. Nufuzli The Athletic nashrining yozishicha, "Nottingem" "Shtutgart" yarim himoyachisi Orel Mangalani 12,75 million yevro evaziga transfer qilishni yakunlash arafasida.

Xarajatlar nuqtai nazaridan, “Nottingem” ko‘plab top-klublarni ortda qoldiryapti.

Mangalaning yaqin orada transferini hisobga olsak, klub yangi kelganlar uchun 94,5 million yevro ajratdi, sotuvlardan atigi 5 million yevro ishlab oladi.

Quyida “Nottingem”dan kamroq pul sarflagan top-klublar ro‘yxati keltirilgan:

"Chelsi" - 94,2 million yevro

“PSJ” - 91,5 million yevro

"Yuventus" - 89,5 million yevro

"Borussiya Dortmund" - 86 mln yevro

"Liverpul" - 85,8 million yevro

"Real Madrid" - 80 million yevro

“Manchester Yunayted” – 72,37 million yevro

“Inter” – 38,6 million yevro

“Milan” - 7,2 million yevro

 

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 09:35, 29.07.2022.
O'qildi: 8877 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.