Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vlaxovich: "Jokovich barchamiz uchun namuna"

Vlaxovich: "Jokovich barchamiz uchun namuna"

Baho:
+ | -

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlahovich hamyurti, ayni damda ATP reytingida peshqadamlik qilayotgan tennischi Novak Jokovich dunyoning birinchi raketkasi bo‘lgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

22 yoshli hujumchi Jokovichni barchaga o‘rnak deb atadi, uning psixologik barqarorligi va mashg‘ulotlar jarayoniga munosabatini qayd etdi.

"Men o‘zimni etalon deb hisoblamayman, chunki oldinda juda ko‘p ish bor va Jokovich barchamiz uchun namuna. Uning vatandoshi bo‘lish juda yoqimli: u ko‘proq sovrinlar yutib, barcha maqsadlariga erisha oladi deb umid qilaman”, - dedi Vlaxovichning Tennis World USA bilan suhbatda.

Shuningdek, futbolchi Jokovich uni shu yil boshida "Fiorentina"dan "Yuventus" klubiga ko‘chib o‘tgani bilan tabriklaganini aytdi.

Vlaxovich o‘tgan mavsumda Italiyaning ikki klubi safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:19, 30.07.2022.
O'qildi: 1320 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик