Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"Istiqlol" klubi sardori: "Andijon" yaxshi o‘ynadi, qoyil"

"Istiqlol" klubi sardori: "Andijon" yaxshi o‘ynadi, qoyil"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Istiqlol” (3:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmon jamoa yetakchisi hamda sardori, Tojikiston milliy terma jamoasi a’zosi – Manuchexr Jalilov “Andijon” matbuot xizmatiga o‘yin haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Birinchi taymda yaxshi harakat qilgandik. Ikkinchi bo‘limda o‘rtacha o‘yin namoyish etdik. Bu o‘rtoqlik uchrashuvi, unda natija muhim emas. Muhimi, o‘yin amaliyotidir. Bu yo‘lda ikkala jamoa ham shug‘ullanyapti. Mavsumga tayyorgarlik davom etyapti. Asosiysi, o‘z chempionatimizda yaxshi ketyapmiz.

“Andijon” jamoasi asosan ikkinchi qavatda ustunlikka ega ko‘rindi. Himoyachilar va hujumchilari baland bo‘yli futbolchilar ekan. Standartlar orqali hujum tashkil qilisharkan. Biz bungacha “Lokomotiv” va “Navbahor” jamoalari bilan ham o‘ynadik. Ular asosan paslar orqali hujum uyushtirishadi. Albatta, “Andijon”ga natija bo‘yicha yutqazdik. 3:0 haqida yana nima deyishim mumkin? “Andijon” yaxshi o‘ynadi, qoyil. Ularga chempionatda omad tilayman"- dedi Jalilov.

Kiritildi: 16:44, 30.07.2022.
O'qildi: 1545 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик