Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Andijon" Toshkent yig‘inini yakunladi

"Andijon" Toshkent yig‘inini yakunladi

Baho:
+ | -

“Andijon” klubining yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini nihoyasiga yetdi. Barcha ishlar o‘ylangan reja asosida amalga oshirildi.

Tayyorgarlik jarayoni ikki bosqichda olib borildi. Dastlab 5-15 iyul kunlari Dukentda shug‘ullanishdi. Keyingi yig‘in Toshkentda 18-30 iyul oralig‘ida o‘tkazildi.

Jamoa hammasi bo‘lib 5 ta nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Bu orqali murabbiylar shtabi futbolchilarning o‘yin amaliyotini oshirish hamda ularni shakllantirish bo‘yicha vazifalarni bajardilar.

Endi jamoa a’zolari 1 avgust sanasida o‘z qarorgohida to‘planib, 5 avgust kuni pro liga 14-tur doirasida Buxoroning “G‘ijduvon” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan rasmiy bahsga tayyorgarlik ko‘radilar.

Jamoaning yozgi yig‘indagi barcha o‘rtoqlik o‘yinlari

11 iyul
AGMK – “Andijon” – 2:1

Gollar: Xurshid G‘iyosov (penalti), Zafar Polvonov – Malikshoh Rasulov.

20 iyul
“Metallurg” – “Andijon” – 4:1

Gollar: Bektemir Abdumannopov, Farhod Bekmurodov, Zabihillo O‘rinboyev, Jasur Xolto‘rayev – Shahboz Erkinov.

24 iyul
“Andijon” – “Qizilqum” – 3:2

Gollar: Vladimir Bubanya (penalti), Shahboz Erkinov (ikkita) – Gonsalo Gabriyel (penalti), Orifxo‘ja Abduholiqov.

28 iyul
O‘zbekiston U-20 – “Andijon” – 2:1

Gollar: Aziz Xolmurodov, Abbos Fayzullayev – Malikshoh Rasulov.

29 iyul
“Andijon” – “Istiqlol” – 3:0

Gollar: Bogdan Milich, Goron Miloyko, Malikshoh Rasulov.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 08:58, 31.07.2022.
O'qildi: 1180 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик