Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Miranchuk "Palermo"ga qarshi o‘yinda "Torino" safida debyut qilishi mumkin

Miranchuk "Palermo"ga qarshi o‘yinda "Torino" safida debyut qilishi mumkin

Baho:
+ | -

Rossiyalik yarim himoyachi Aleksey Miranchuk kelasi shanba, 6 avgust kuni Italiya kubogi doirasidagi o‘yinda "Torino" safida debyut qilishi mumkin. Turin klubi o‘z maydonida "Palermo"ni qabul qiladi.

Bugun, 1 avgust kuni Miranchuk tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va ertaga "Torino"da mashg‘ulotlarni boshlashi mumkin.

Uning taqdimoti shanba kunidan oldin o‘tkazilishi kerak. U "Palermo"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomaga kiritilishi kutilmoqda.

Oldinroq "Torino" sport direktori Davide Vanyanti SE nashriga rossiyalik futbolchi sotib olish huquqi bilan ijara asosida klubga o‘tishini aytgandi.

Miranchuk “Atalanta”da 2020 yilning sentyabridan buyon o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda u bergamoliklar jamoasi safida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

26 yoshli futbolchining “Atalanta” bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: 15:02, 01.08.2022.
O'qildi: 876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик