Kirish Ro'yxatdan o'tish

Manening bolalikdagi do‘sti "Bavariya" bilan shartnoma imzoladi

Manening bolalikdagi do‘sti "Bavariya" bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Myunxenning “Bavariya” klubi beninlik hujumchi Deziri Segbe Azankpo bilan shartnoma imzoladi.

Ikki haftalik mashg‘ulotlardan so‘ng u Myunxen klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 29 yoshli afrikalik futbolchi 1 iyul kuni Fransiyaning ikkinchi ligasida to‘p surayotgan “Dyunkerk”ni erkin agent maqomida tark etdi. Germaniyada esa u "Bavariya"ning ikkinchi jamoasida o‘ynaydi.

RMC Sport xabariga ko‘ra, Segbe Azankpo "Bavariya"ga yangi kelgan Sadio Manening bolalikdagi do‘sti. Ular Afrikaning "Oyoq avlodi" akademiyasida birga mashg‘ulotlar olib borishdi, keyin esa Fransiyaning "Mes" akademiyasiga ko‘chib o‘tishdi. Mane Myunxen klubiga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, uning do‘sti uning yonida bo‘lib, uni har kuni mashg‘ulotlarga olib bordi, keyin esa ko‘rikdan o‘tish huquqini qo‘lga kiritdi.

O‘tgan mavsumda Segbe Azankpo Buxarestning "Dinamo" jamoasida ijara asosida o‘ynagandi. Ruminiya klubi safida 2 ta o‘yinda 1 ta gol urgan.

Kiritildi: 05:08, 02.08.2022.
O'qildi: 3062 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.