Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Messi Suaresga yordam berdi!

Messi Suaresga yordam berdi!

Baho:
+1 | -

Luis Suares bu yozda erkin agentga aylangan edi. Ko‘p o‘tmay, hujumchi o‘zining ilk jamoasi bo‘lgan Urugvayning "Nasyonal" klubiga qaytishini e’lon qildi. Yevropadan o‘z oilasi bilan Janubiy Amerikaga qaytish anchagina murakkab ish. Shu sabab Suaresning eng yaqin do‘stlaridan biri bo‘lgan Messi unga yordam berdi. Leo do‘stiga Urugvayga yetib olishi uchun o‘z shaxsiy samolyotini berib turdi. Ushbu samolyot haqida ko‘pchilik biladi. Uning narxi 12 million funt bo‘lib, barcha sharoitlarga ega. Uchoqning dumiga Messining o‘ninchi raqami tamg‘asi tushirilgan bo‘lib, uning zinalarida futbolchining farzandlari - Tiago, Chiro hamda Mateoning ismlari yozib qo‘yilgan.

Messi Suaresni "Nasyonal" jamoasida rasmiy tanishtirish marosimida ham qo‘llab-quvvatladi. Xususan, u video murojaat bilan do‘stini tabrikladi: "Bugun senga barcha yaxshi tilaklarimni yo‘llamoqchiman. Hayotingning yangi sahifasida ham munosib bo‘l. Sen uchun "Nasyonal" jamoasi nimani anglatishini juda yaxshi bilaman. O‘z vatanida yashash qadrini esa yaxshi tushunaman. O‘ylaymanki, u yerda yaqin qolgan mundialga qattiq tayyorgarlik ko‘rasan. Bugundan boshlab men ham "Nasyonal" o‘yinlarini qoldirmay ko‘rib boraman. Seni qanchalik yaxshi ko‘rishimni bilasan. Umid qilamanki, tez orada ko‘rishish nasib etadi ".

Bu do‘stlar bundan bir oy oldin Ispaniyaning Ibiza orolida haftasiga 250 ming funt turuvchi koshonada birgalikda hordiq chiqargan edi. Suares o‘tirgan samolyot esa dastlab Argentinaga boradi. Keyinchalik esa Urugvayning eng yirik ayeroporti mavjud bo‘lgan Karrasko shahriga yo‘l oldi. U yerda hujumchi "Nasyonal" prezidenti Xose Fuyentes bilan uchrashgan. Suaresni klub uy stadionida 50 mingga yaqin muxlis kutib oldi. Hujumchi bu voqeani shunday ta’riflaydi: "Ajoyib va esda qolarli ish. Hammasi qayerda boshlangan bo‘lsa, shu yerga qaytdi. Bugun yana bir orzum ro‘yobga chiqdi".
Taqdimot marosimidan so‘ng Suares "Nasyonal" klubi kiyinish xonasida o‘zi olgan to‘qqizinchi raqam bilan rasmga tushib, uni o‘z Instagram sahifasiga joylagan edi.

Luis Suares qishda Qatar mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida ishtirok etishi kutilmoqda. U bundan ikki hafta oldin "Nasyonal"ga qaytishini ma’lum qilgan edi. "Atletiko" safini erkin agent sifatida tark etgan futbolchi, 16 yillik Yevropa safaridan keyin o‘z yurtiga qaytdi. Suares Yevropada "Ayaks", "Liverpul", "Barselona" hamda "Atletiko" kabi top-jamoalar sharafini himoya qilgan edi.

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 16:49, 02.08.2022.
O'qildi: 4336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.