Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Davron Fayziyev: «2:1 oldinga o‘tib olgach, juda xotirjamlikka berilganimiz — katta xatomiz shu bo‘ldi»

Davron Fayziyev: «2:1 oldinga o‘tib olgach, juda xotirjamlikka berilganimiz — katta xatomiz shu bo‘ldi»

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” – “Neftchi” (3:3) o‘rtasidagi bahsdan keyin qo‘qonliklar ustozi Davron Fayziyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Bugungi o‘yin derbi maqomida o‘tdi. Bundan ikkala jamoaning muxlislari yutdi, deb o‘ylayman. Uchrashuv qiziqarli, shiddatli va gollarga boy ruhda o‘tdi. Futbol xatodan iborat. Umumiy oladigan bo‘lsak, bugungi uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz shart edi. Turnir jadvalidan kelib chiqadigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, natija ikkala jamoani ham qoniqtirgani yo‘q. Quvontiradigani shuki, uchta hujumchimiz uchta gol urdi. Himoyadagi xatolarimiz biz uchun qimmatga tushdi. Har ikki jamoani yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani bahs davomida ko‘rinib turdi. Yana xatolar ustida ishlashda davom etamiz. Xissiyotlarga boy o‘yin bo‘ldi. Hali qiladigan ishimiz ko‘p, xatolarimiz ko‘p. To‘g‘risi, biror nima deyishga ham ojizman. Xissiyot jamoalar uchun quvonchga to‘la bo‘ldi.

— Jamoa yetakchilari Murod Xolmuhammedov va Javohir Siddiqov o‘yinida pasayish kuzatilyapti. Bu haqida nima deysiz?
— Futbolda har doim yutganda jamoa yutadi, yutqazganda murabbiy yutqazadi. Siddiqov yoki Xolmuhammedovni ayblash noto‘g‘ri. Jamoadagi hammani aybdor deb hisoblayman. Ularning o‘yini pasaydi, deb ayta olmayman. Juda yaxshi mashg‘ulotlar olib borildi. Futbolda bo‘lib turadigan holat bu — xato. Kimdir xato qiladi, kimdir bundan foydalanadi. Demak, biz bugun xato qildik.

— Jamoangiz ikkinchi gol kiritgach, uchinchi golni ham ura olganida balki yutgan bo‘lardi. Bunga fikringiz qanday?
— Yakuniy natijaga qarasak, mag‘lubiyatga uchrab turib 3:3 qilganimizdan qoniqdim deyishim mumkin. Ammo 2:1 hisobida yutayotgan paytimizni hisobga olsak, qoniqqanim yo‘q. Chunki ikkita tezkor gol, bir kishi kam jamoa, bu murabbiy uchun yomon holat. Yigitlar tushkunlikka tushmasdan oxirigacha kurashishdi. Bizda yana gol urishga imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Raqib jamoa ham yaxshi himoyalanib, kerakli natija uchun harakat qildi. Faqat bitta narsa – futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. Yigitlar hisobni 2:1 qilishgach, juda xotirjamlikka berilishdi. O‘yindagi katta xatoimiz shu bo‘ldi.

— Yozgi transfer oynasi vaqtida faqat ikkita o‘yinchi olindi xolos. Bu moliyaviy imokniyat bilan bog‘liqmi yoki...
— Bu savolni kutgandim. Agar shu savol berilsa ochiq qoldirmoqchi edim. Keling, shu savolni ochiq qoldiraylik. To‘g‘risi, javob bera olmayman.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 23:00, 02.08.2022.
O'qildi: 2228 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик