Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

"Real"ning Amerika safarida o‘zini ko‘rsata olgan olti futbolchisi

"Real"ning Amerika safarida o‘zini ko‘rsata olgan olti futbolchisi

Baho:
+ | -

 "Real Madrid"ning mavsumoldi tayyorgarlik jarayoni yakunlandi: jamoa AQSH safari davomida uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi va ularda g‘alaba qozondi, durang o‘ynadi va mag‘lub bo‘ldi. Biz esa ushbu uchrashuvlarda eng yaxshi taassurot qoldirgan futbolchilarning ro‘yxatini tuzib chiqdik.

Karim Benzema


Fransiyalik futbolchi mashg‘ulotlarga qolganlardan kechroq qaytganiga qaramay, u ajoyib formada ekanligini isbotladi va hatto mavsumoldi uchrashuvida ham raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi..

Eduardo Kamavinga

Vunderkind bu o‘yinlarda yetarlicha daqiqa o‘ynashi kerak edi. Kamavinga ijodkorlik va himoyaviy o‘yin qobiliyatni o‘zida uyg‘unlashtirgan har tomonlama yaxshi futbolchi ekanligini yana bir bor isbotladi. Uning "Amerika"ga qarshi o‘yini, albatta, uzoq vaqt esda qoladi.

Toni Kroos

Nemis futbolchisi "Yuventus"ga qarshi ajoyib o‘yin o‘tkazdi va boshqa o‘yinlarda ham yomon taasurot qoldirmadi. Agar Kroos o‘zining yaxshi formasini saqlab qolsa, unda asosiy tarkibda o‘ynashda muammo bo‘lmaydi. 

Fede Valverde


Anchelotti o‘ng qanotda Valverdedan foydalanishda davom etmoqda, chunki uni eng ishonchli futbolchilardan biri deb biladi. Mavsum oldidan urugvaylik futbolchi yana bir bor o‘zining serqirraligini namoyish etdi.


Luka Modrich

U bilan "Real Madrid" boshqa jamoa usiz umuman boshqa, bu borada bahslashish juda qiyin. “Barselona”ga qarshi o‘yin buni yaqqol isbotladi. Maydonga tushganidan so‘ng xorvat o‘yin nazoratini o‘z qo‘liga oldi.

Eden Azar


31 yoshli futbolchida qusurlar yo‘q emas edi, lekin biz uning yangi pozisiyasida yaxshi ko‘rinishga ega ekanligiga ishonch bildirishimiz kerak. Anchelotti uni yolg‘onchi to‘qqizlik sifatida ishlatdi va bu mavsumda Eden Benzemaning yordamchisi bo‘ladi shekilli (agar yangi hujumchi kelmasa, albatta). Azar hatto gol urdi va ajoyib golga uzatma ham berdi.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 23:07, 02.08.2022.
O'qildi: 7126 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.