Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pioli Zlatan Ibrahimovichni qachon mashg‘ulotlarlarga qaytishini aytdi

Pioli Zlatan Ibrahimovichni qachon mashg‘ulotlarlarga qaytishini aytdi

Baho:
+ | -

"Milan" ustozi Stefano Pioli shvesiyalik tajribali hujumchi Zlatan Ibragimovichga qanday munosabatda bo‘lishi va tirik afsonaning jarohatdan so‘ng mashg‘ulotlarga qachon qaytishi haqida gapirib berdi.

Pioli Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida 40 yoshli shvesiyalik futbolchi hozirda mashg‘ulot o‘tkazmayapti, biroq u jamoa bilan doimiy aloqada ekanligini aytdi. "Rossonerlar" ustozi Zlatan hamon ajoyib tajribaga ega va haligacha g‘alabaga chanqoq futbolchi ekanligini ta’kidladi.

“Ibragimovich hali ham maydonda o‘zgarishlar qila oladi. Avgust oyi o‘rtalarida u Milanga qaytishi kerak va to‘liq mashg‘ulotlarni boshlaydi", - deya qo‘shimcha qildi Pioli.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Zlatan Ibrahimovich "Milan"ga chempionlikni qo‘lga kiritishda yordam bergandi.

Kiritildi: 14:36, 05.08.2022.
O'qildi: 1278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик