Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Shaxmat-2022. O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi qiyin g‘alabaga erishishdi

Shaxmat-2022. O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi qiyin g‘alabaga erishishdi

Baho:
+ | -

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida bugun sakkizinchi tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonning har ikki terma jamoasi kichik hisobda raqiblarini mag‘lub etishdi.

Ayniqsa, yigitlarimizning g‘alabasi juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Boisi, Abdusattarov, Sindarov va Jahongir Vohidov o‘z partiyalarini durang bilan yakunlagach, barcha narsa Yoqubboyevning qo‘lida qoldi. Nodirbek o‘z ustunligidan unumli foydalanib, bahsni g‘alabaga olib bora oldi. Yakuniy hisob — O‘zbekiston - Germaniya - 2,5 : 1,5.

Ushbu g‘alabadan keyin O‘zbekiston o‘z ochkolarini 14taga yetkazib oldi. Hindiston-2 terma jamoasi AQSH ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, ochkolarni 14taga yetkazdi. Ayni paytda Armaniston va Hindiston o‘rtasidagi ikkita bahs davom etmoqda. Hozircha hisob — 1:1.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bugun Shimoliy Makedoniyani 2,5 : 1,5 hisobida mag‘lub etdi. Omonova va Hamdamova g‘alaba qozonishga bo‘lsa, Bobomurodova durang o‘ynadi. Birinchi raqamli shaxmatchimiz ushbu musobaqa yaxshi o‘yin namoyish eta olmayapti. U bugun ham yutqazdi. Qizlarimiz ushbu g‘alabadan keyin jadvalda 30-o‘rinlar atrofiga ko‘tarilib olishadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:32, 06.08.2022.
O'qildi: 3372 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик