Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Hammasiga afsonalar aybdormi?

Hammasiga afsonalar aybdormi?

Baho:
+ | -

Ukrainalik hujumchi Andrey Voronin «Liverpul»dagi omadsiz faoliyatida klub afsonalari Stiven Jerrard va Jeymi Karragerni oshkora aybladi.

 Aytishicha, o‘yinlarda ham, mashg‘ulotlarda ham ularning gaplarini sira tushanmagan ekan...

Andrey Voronin darhaqiqat, «Liverpul»da o‘zini aslo ko‘rsatolmagandi. Ukrainalik hujumchining aytishicha, o‘sha muvaffaqiyatsiz urinishi Stiven Jerrard va Jeymi Karrager, shuningdek, ularning skauzcha shevalariga bog‘liq ekan. Eslatma, Voronin 2007-2010 yillar oralig‘ida «Liverpul» ixtiyorida bo‘lgan. U bunga qadar Leverkuzenning «Bayer» klubida o‘ta samarali to‘p surgan va yakunda «qizillar» safiga erkin agent maqomida qo‘shilgandi - tekin transfer. Biroq «Enfild»da hujumchining ishlari umuman yurishmadi. Har holda, APL doirasidagi atigi 27ta o‘yinda qatnashib, 5tagina gol urdi. «Liverpul» rahbariyati bundan xulosa chiqarib, Voroninni ijara kelishuvi bo‘yicha «Gerta»ga yuborgandi. Ukrainalik futbolchi keyinchalik uning transferini Moskva «Dinamo»siga sotdi.

Xullas, ukrainalik sobiq futbolchining aytishicha, «Liverpul»da yaxshi o‘ynab ketishiga Mersisayd grafligida keng tarqalgan skauz shevasi xalaqit bergan emish. Xususan. jamoaning o‘sha vaqtdagi yetakchilari Stiven Jerrard va Jeymi Karrager klubda asosan skauz aksentida gaplashishgan, Voronin esa ularning nima deyayotganlarini aslo tushunmagan. Har holda, Andrey Goal nashri muxbirlari bilan suhbatda faoliyatining o‘sha qismini ham esga olib, «Liverpul» afsonalari «tomorqasiga tosh otdi». «Skauz. Bu shevada baloni ham tushunmasdim, boz ustiga, ingliz tili bo‘yicha bilimim ham past edi. Karrager va Jerrard esa nuqul shevada gapirishardi va har safar ulardan aytganlarini sof inglizchada takrorlashlarini so‘rardim. Umuman olganda, Liverpul ham menga shahar sifatida uncha mos kelmadi, garchi boy tarixga ega bo‘lsada. Masalan, «Bittlz»ni olaylik, otam bu guruhning ashaddiy muxlisi. Unga «Liverpul» bilan shartnoma tuzganimni aytganimda, quvonchdan yig‘lab yuborgani esimda. Lekin amalda klub safiga qishki tanaffussiz bordim va mahalliy ob-havo sharoitiga ko‘nikolmadim. Oqibatda o‘yin ritmidan chiqib ketdim. Qisqasi, «Liverpul»da shunchaki, sayohat qildim va oz o‘ynadim - bu katta azob...», dedi Voronin jumladan.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:50, 06.08.2022.
O'qildi: 2262 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.