"Atalanta" hujumchisi Sem Lammers "Empoli"ga ko‘chib o‘tdi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.
25 yoshli niderlandiyalik bilan ijara shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Lammers “Atalanta”ga 2020-yil sentyabr oyida “PSV Eyndxoven”dan kelib qo‘shilgandi.
U o‘tgan mavsumda hujumchi Frankfurtning "Ayntraxt" klubida ijara asosida o‘ynadi va 22 uchrashuvda 2 ta gol urdi.













