Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Stiven Jerrard resepti

Stiven Jerrard resepti

Baho:
+ | -

«Liverpul» afsonasi Stiven Jerrard o‘tgan yilning noyabr oyida «Aston Villa» chorlovini qabul qilib, «Reynjers» bilan xayrlashdi. Undan Birmingem jamoasini APLda olib qolish talab etildi - Angliyadagi ish starti uchun yengilgina vazifa. Kutilganidek, Stivi Ji bu missiyani ortiqcha muammosiz bajardi. 

Mana, Jerrard endi «Aston Villa»ni yangi mavsumga jiddiy hozirlamoqda. Deylik, klub rahbariyati yozgi transferlar bozorida 50 million yevrodan ko‘p sarflashga ulgurdi. «Liverpul» fanatlarining abadiy yoqimtoyi sanalgan murabbiy esa klub ichida bir qator jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Jumladan, jarima to‘lovlari tizimini yangiladi. Zero, «Aston Villa» o‘tgan mavsum APLda eng ko‘p sariq va qizil kartochka olgan jamoalardan biri bo‘ldi. Natijada Stiven tartib-intizom va jamoaviy ruhiyatni yaxshilash uchun kattagina jarima varaqasi shakllantirdi.

Jerrard amalga tatbiq etgan qoidalar majmuasida naq 20ta band bor. Ya’ni qanday qoidabuzarlik uchun qancha jarima to‘lanishi aniq ko‘rsatib qo‘yilgan. Ha, «Aston Villa» futbolchilari endi har bir qadamni tashlashdan oldin oqibatini o‘ylab ko‘rishlari kerak. 

Stiven Jerrardning jarima tizimi

Mashg‘ulotga kechikish - 500 funt

Mashg‘ulotga GPS-trekersiz kelish - 100 funt

Mashg‘ulot payti maydonga kechikish - 1 daqiqa uchun 200 funt

Jamoaning o‘yinoldi uchrashuviga kechikish - 1000 funt

Murabbiy bilan uchrashuvga kechikish - 1 daqiqa uchun 200 funt

Jamoaviy yig‘ilishga kechikish - daqiqasiga 200 funt

O‘yin kuni noto‘g‘ri kiyinish (futbolchi sport formasi yoki polo kiyishi shart, shortisiz) - har bir libos uchun 100 funt

Oshxonada stol ustida idish qoldirish - har bir idish uchun 100 funt

Mashg‘ulotdan keyin maydonda forma qoldirish - har bir element uchun 100 funt

Avtomobilni noto‘g‘ri joyda qoldirish - 100 funt

Homiylar tadbirlariga kechikish - 250 funt

Tug‘ilgan kun bahona tort olib kelmaslik - kechikilgan 1 kun uchun 50 funt

Dushga oyoq kiyimisiz kirish - 100 funt

Jarohat yoki xastalik haqida klub shifokoriga ertalab soat 10:00gacha xabar bermaslik - 200 funt

Tiklanish muolajasiga kechikish - 200 funt

Snyus (tutunsiz tamaki) qoldig‘ini qoldirish - 200 funt

Tiklanish muolajasiga formasiz kelish - 50 funt

Keraksiz tortishuv - 200 funt

Bundan tashqari, 2ta band qalin harflarda yozilgan: 

1. Rasmiy o‘yinda qizil kartochka olgan futbolchi naq 4 hafta davomida butun jamoaning ovqatlanish xarajatini o‘z zimmasiga oladi. 

2. Odatiy ikki tomonlama mashg‘ulot o‘yinida g‘alaba qozonganlar raqib safida eng sust harakatlangan futbolchini aniqlab berishadi va u bir hafta davomida klub ichida alohida yozuv ilingan libosda yuradi: «Mashg‘ulot o‘yinida eng passivi bo‘lgandim».

«Arsenal»ga o‘tgan Aleksandr Zinchenkoning aytishicha, «Manchester Siti»da jarimalar tizimi sal boshqacha. Ya’ni ichki qoidani buzgan futbolchi jarima to‘lamaydi, aksincha, qandaydir yoqimsiz yumushni bajaradi. Qanday yumush? Barcha futbolchilar butsalarini tozalash, formalarni yuvishga ko‘maklashish, oshxonada ishlash, bolalar jamoasini shug‘ullantirish... Aybdor chekiga qanday yumush tushishi esa maxsus «ruletka» yordamida aniqlanadi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:35, 08.08.2022.
O'qildi: 1938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик