"Everton" himoyachisi Ben Godfri oyog‘i singanligi sababli taxminan uch oyni o‘tkazib yuboradi, deya xabar beradi klub sayti.
8-avgust, dushanba kuni futbolchi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi va hozir reabilitasiyani boshlamoqda, bu taxminan noyabr oyining boshigacha davom etadi.
24 yoshli Godfri APL 1-turidan o‘rin olgan "Chelsi"ga qarshi o‘yin boshida jarohat olgandi.