Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-0 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 0-0 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

"Barselona" yarim himoyachisi klubdan o‘zini ijaraga berishini so‘radi

"Barselona" yarim himoyachisi klubdan o‘zini ijaraga berishini so‘radi

Baho:
+ | -

"Barselona"ning 20 yoshli yarim himoyachisi Niko Gonsales kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavidan uni ijaraga berishni so‘radi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, ayni damda asosiy variant - "Valensiya".

Manbaga ko‘ra, Xavi rozi bo‘lgan, shundan so‘ng Gonsalesning agenti Xorxe Mendes futbolchiga "Valensiya" bilan variantni taklif qilgan. Futbolchi ushbu jamoa bosh murabbiyi, italiyalik Jennaro Gattuzo bilan suhbatlashdi va u Gonsalesning "Valensiya"ga o‘tishi istiqbolli ekanligiga ishontirdi. “Ko‘rshapalaklar” “Barselona”ning 21 yoshli marokashlik vingeri Abde Ezzalzulini ham ijaraga olmoqchi.

Ammo "Barsa" bir shart qo‘ydi: Nikoning shartnomasi 2024 yilda tugaydi va klub uni kamida 2025 yilgacha uzaytirishini xohlaydi. Futbolchi bu haqda o‘ylaydi, lekin uning ketish istagi o‘zgarmasligicha qolmoqda.

Kiritildi: 08:29, 09.08.2022.
O'qildi: 3269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик