Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lukaku: "Men "Chelsi" qahramoni bo‘laman deb o‘ylagandim, ammo hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi"

Lukaku: "Men "Chelsi" qahramoni bo‘laman deb o‘ylagandim, ammo hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi"

Baho:
+ | -

Milanning “Inter” klubi hujumchisi Romelu Lukaku Londonning “Chelsi” klubidagi omadsizligi haqida fikr bildirdi.

"Men "Chelsi"ga qaytib, klubning qahramoniga aylanaman deb o‘ylagandim, ammo hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi. O‘tgan mavsum og‘ir kechdi, ammo mart oyida "Inter"ga qaytish imkoniyati paydo bo‘ldi. Keyin men keyingi qadamimga shubha qilmadim", - deya Lukakudan iqtibos keltiradi DAZN.

Eslatib o‘tamiz, "Inter" Lukakuni ijaraga olgani uchun 8 million yevro to‘lagan edi. Shuningdek, klub belgiyalik futbolchining keyingi mavsumdagi maoshini to‘liq qoplaydi.

Kiritildi: 16:20, 10.08.2022.
O'qildi: 1504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик