Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Ana, xolos! Bir hazil ortidan...

Ana, xolos! Bir hazil ortidan...

Baho:
+ | -

«PSJ» yoshlar jamoasi vakili Rafael Fernandes birdaniga Fransiya OAV nazariga tushgan qahramonlardan biriga aylandi. Zero, sport nashrlarida uning «Tuluza»ga o‘tayotgani haqida xabarlar chiqdi. Bu ancha kulguli holat...

Hammasiga oddiy fanatlardan biri - Lyuka Fernandes «aybdor». U do‘stlari bilan bir hazillashishni o‘ylab, klub do‘koniga kirdi va «Tuluza» futbolkasini xarid qilgancha stadionga yo‘l oldi. Ha, hammasi juda jo‘n - arena nozirlari yigitchani akademiya tarbiyalanuvchidek ichkariga qo‘yishdi. Shu tariqa Lyuka tribunaosti inshootiga ham kirdi. U shu tariqa asosiy g‘oya - do‘stlarini chuv tushirish rejasi bo‘­yicha boshladi. Ya’ni «Tuluza» libosida suratga tushdi, bunda o‘zini xuddi taqdimot marosimida qantashgandek tutdi. Keyin barchasini ijtimoiy tarmoqqqa joyladi va do‘stlari laqqa ishonib, tabriklashga, shartnoma qachon rasmiylashtirilishini so‘rashga tushdilar. «Hammasi zo‘r bo‘ldi, chiroyli hazil chiqdi, ammo davomiga umuman tayyor emasdim», - deya tan oldi Lyuka keyinchalik.

Gap shundaki, ertasiga hazilkash yigitga «Tuluza» murabbiyidan xabar («Bu sensan, to‘g‘rimi?») va jamoaga o‘tishi haqidagi ovozli «tvit» skrinshoti hamda surati keldi. Lekin shunisi borki, u Lyukani «PSJ» vakili Rafael Fernandes sifatida qabul qilgandi. Qisqasi, «Tvitter»dagi shu bitta postdan so‘ng qisqa vaqt ichida internet tarmog‘ini Rafael Fernandesning «Tuluza» safiga qo‘shilayotgani haqidagi xabarlar qamrab oldi. Faqat «yangilik»ka Lyukaning surati havola qilindi. Xabar hattoki, Fransiyaning eng nufuzli OAVga ham yetib bordi. «PSJ» tahlilchisi, jurnalist Loik Tanzi bunda asos yo‘qligini yozishiga qadar veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda transfer rosa muhokama qilindi. Aytish joiz, har ikki Fernandes bunday mashhurlikni o‘ylamagan bo‘lsa kerak.

Ajib voqelikning mohiyati shuki, Lyuka Fernandes va Rafael Fernandes o‘rtasida qandaydir o‘xshashlik umuman yo‘q. Ha, Fransiya mediasi «PSJ» yoshlar jamoasi futbolchisining «Tuluza»ga o‘tishi haqida xabar berib, bunga mutlaqo boshqa yigit suratini ilova qildi. Chindan ham, noyob hazil, g‘alati adashmovchilik...

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 10:20, 11.08.2022.
O'qildi: 2155 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.