Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Kilian Mbappe o‘zini "Oltin to‘p" uchun jiddiy da’vogar deb hisoblaydi

Kilian Mbappe o‘zini "Oltin to‘p" uchun jiddiy da’vogar deb hisoblaydi

Baho:
+ | -

"Pari Sen-Jermen" klubi hujumchisi Kilian Mbappe 2022 yilgi "Oltin to‘p" sovrinini kim olishi mumkinligini aytdi. Uning fikriga ko‘ra, "Real" hujumchisi Karim Benzema bunga mutlaqo munosibdir. Haqiqatdan ham "qirollik klubi" forvardi bu safar har taraflama ushbu sovrin uchun munosib ekanini namoyish qildi. Fransiyalik yulduz Ronaldu ketganidan keyin jamoasida yetakchiga aylandi. U o‘tgan mavsumda 46 ta bahsda 44 ta gol va 15 assist bilan o‘ziga xos natijaga erishgandi. 34 yoshli futbolchi bu orqali yana bir bor Ispaniya chempioni va YECHL g‘olibiga aylandi.

"L'Equipe" jurnali bilan suhbatda Mbappe Karim haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi va "Oltin to‘p"ning bo‘lajak egasini taxmin qildi:
"Benzema hozir 34 yoshda. Ammo shunday darajada o‘yin ko‘rsatmoqda. U yutish murakkab bo‘lgan sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Shulardan biri YECHL kubogi edi. Agarda men Karimning o‘rnida bo‘lganimda, bunday natijalarga erisholmagan, "Oltin to‘p" haqida esa o‘ylashni allaqachon to‘xtatgan bo‘lardim".
Mbappedan bu sovringa da’vogar eng yaxshi uchta futbolchini aytish so‘ralganida u shunday deydi: "Men birinchi o‘ringa shubhasiz Benzemani qo‘yaman. Men va Sadio Mane kuchli uchtalikda bo‘lsak kerak.
Men 18-21 yoshlar oralig‘ida o‘z o‘yinimni topib olishga intildim. U paytlar yetarlicha ta’sirga ega emasdim. So‘nggi ikki yil ichida ancha o‘sdim. Shu sabab "Oltin to‘p"ga da’vogarlar orasida kuchli o‘ntalikdan, kuchli uchtalikkacha ko‘tarildim. Muhim pallalarda hal qiluvchi rolni bajara boshladim. Qisqasi, men endilikda bu sovringa jiddiy da’vogarga aylandim".

Kilian Mbappe o‘zining da’vogar safidagi o‘rni haqida fikr bildirar ekan, jumladan shunday deydi: "Men bir necha yil avval qiziquvchan futbolchi edim. Unda men uchun "Oltin to‘p" uchun kuchli o‘ntalikka kirish ham katta natija edi. Biroq, hozir hammasi boshqacha. Oldin ham aytganimdek, bugun men kuchli uchlikdaman. Balki, beshlik yoki to‘rtlikda. Keyinchalik bu yana o‘zgaradi".
Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi shu yilning 17 oktyabr kuni, Fransiyaning Parij shahri mezbonligida o‘tkaziladi.

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 15:53, 15.08.2022.
O'qildi: 1743 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.