Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

“SHahrixonchi” jamoasi uy uchrashuvlarini endi boshqa stadionda o‘tkazadi

“SHahrixonchi” jamoasi uy uchrashuvlarini endi boshqa stadionda o‘tkazadi

Baho:
+ | -

“Shahrixonchi” futbol jamoasining joriy mavsum Birinchi liga doirasidagi uy uchrashuvlarini Shahrixondagi “Markaziy” stadionda qabul qilishiga shartli ravishda ruxsat berilgan edi. 

Dastlab fevral oyida O‘zPFL vakillari Shahrixonda bo‘lib, stadionni to‘liq ko‘zdan kechirgan va mavjud kamchiliklar xususida ilk xulosalar jamoaga taqdim qilingan edi. Iyul oyida O‘zPFL o‘z mutaxassislarini Shahrixonga qayta yubordi va stadiondagi hal etilmayotgan masalalar o‘rganildi. Stadion maydoni yaxshi parvarish qilinmasligi oqibatida uning holati qoniqarli emas, maysa maydonni to‘liq qoplamagan, kiyim almashtirish xonalarida sovutish tizimi mavjud emas, hakamlarning kiyim almashtirishi uchun matbuot xodimining xonasi ajratilgan va unda yuvinishi uchun sharoit yo‘qligi kabi va boshqa masalalar qayd etilgan.

Shundan keyin 4 avgust sanasida O‘zPFL qilingan ishlar bilan tanishish maqsadida yana bir bor mutaxassislarini Shahrixonga jo‘natdi. O‘rganishlar natijasida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aytarli ish amalga oshirilmagani ma’lum bo‘ldi. 

Komissiyaning ketma-ket uch tashrifidan keyin ham talablar bajarilmaganidan kelib chiqib, endilikda O‘zPFL “Shahrixonchi” jamoasining uy uchrashuvlarini Shahrixondagi stadionda tashkil qilmaydi. Jamoadan Reglamentdan kelib chiqib, yangi uchrashuvga 15 kun vaqt qolguniga qadar O‘zPFL ro‘yxatida mavjud stadionlardan biri mezbonlik uchun taqdim etish talab qilinadi. Aks holda vaziyatdan kelib chiqib uchrashuv raqib jamoa maydoniga ko‘chiriladi yoki jamoaga texnik mag‘lubiyat yoziladi. Bunday mag‘lubiyatlar soni 2 taga yetsa, jamoa musobaqadan chetlashtiriladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 19:25, 15.08.2022.
O'qildi: 1394 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.