Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Samvel Babayan: “Raqibga juda ko‘p imkoniyat berdik”

Samvel Babayan: “Raqibga juda ko‘p imkoniyat berdik”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston superligasining 16-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Samvel Babayan ishtirok etdi.

— "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘tadigan derbilar hamisha qiziqarli va murosasiz tarzda kechadi. Bugungi uchrashuv ham bundan mustasno emas. Natija va sifatga kelsak, o‘yinimizdan qoniqmadik. Raqibga juda ko‘p imkoniyat taqdim etdik. Natija bizga manzur kelmadi. Chempionatda oddiy o‘yinlar deyarli yo‘q. Favoritmi, autsaydermi, farqi yo‘q, hamma uchrashuvlar kurashlarga boy bo‘lib o‘tmoqda. Bu bizga dars bo‘ldi. O‘yinni tahlil qilib chiqamiz. Raqib imkoniyatiga to‘g‘ri baho berishimiz kerak.

— 1996 yilda "Navbahor"da, keyin "Paxtakor", O‘zbekiston terma jamoasi va chet el klublarida ishlagansiz. 1996 yil "Navbahor" chempionlikka erishgan. Hozirgi kunda "Nasaf", "So‘g‘diyona" jamoalari bilan bir qatorda jamoalarimizga 1-o‘rinni olish uchun nimadir yetishmaydi.  Siz nima deb o‘ylaysiz?
— O‘yinlarda barqarorlik yetishmaydi. Biz sifatli o‘yin ko‘rsatamiz, lekin qoqilishlar ro‘y beradi. Bugun negadir raqib o‘yiniga to‘g‘ri baho bera olmadik. Taktik taraflama ba’zida himoyaga yotishga harakat qildik va vertikal uzatmalarni amalga oshirdik, ammo bizda ijodkorlik ko‘rinmadi. Har bir o‘yinda maksimal natijaga erishish uchun barqarorlik yetishmay qoladi.

— Azim Ahmedov oxirgi o‘yinlarda deyarli o‘ynamayapti. Uning jarohati bormidi?
— Ha, jarohati bor edi. Sekin-asta safga qaytmoqda. U jamoa sardori va asosiy tarkib a’zosi. Unda jarohat kuzatilgani bois mashg‘ulotlarda ham qatnashmagandi. Hozir tiklanib boryapti, shu tufayli maydonda ko‘rinish berdi.

— "Navbahor" keyingi turda "Paxtakor"ni mehmon qiladi. Bu uchrashuvni "yil o‘yini" deb ta’riflasak bo‘ladimi?
— Hali oldinda yana 10 ta o‘yin bor. O‘ylaymanki, bu yilgi chempionat oxirgi turlargacha hammani hayajonda ushlab turadi. "Paxtakor" ham boshqa raqiblarimiz singari jamoa sanaladi. Har doimgidek tayyorlanamiz.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 23:14, 16.08.2022.
O'qildi: 1382 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик