Krishtianu Ronaldu, shubhasiz, tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biri. Vaholanki, u ham boshqa o‘yinchilar kabi individual va jamoa bilan qora kunlarni boshdan kechirgan.
Portugaliyalik faoliyati davomida raqiblar darvozasiga "bir necha tonna"lab gollar urgag, bir nechta golli rekordlarni qayd etgan, 30 dan ortiq sovrin yutgan, ammo u o‘zini ko‘rsata olmagan va jamoaga yordam bera olmagan paytlari ham bo‘lgan.
Hozir, Krishtianu Ronalduning chempionatlardagi beshta eng yodda qolarli mag‘lubiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
"Brentford" — "Manchester Yunayted" - 4:0 (2022)
Ushbu ro‘yxatni boshlashning boshqa usuli yo‘q edi. APL 2-turida “Manchester Yunayted”ning “Brentford”dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragani jamoa va uning muxlislari uchun nihoyatda kutilmagan bo‘ldi.
"Manchester Yunayted" safarda dahshatli o‘ynadi, o‘yinning birinchi yarim soatida 4 ta gol o‘tkazib yubordi, Krishtianu esa hujumda ojiz qoldi.
Tayanch yarim himoyachi va kuchli himoyachining yo‘qligi o‘ta sharmandali gollarga olib keldi. Vaziyatni o‘zgartirish uchun yolg‘iz Krishtianuning qo‘lidan hech narsa kelmas edi. Jamoadoshlarining ko‘pi xatolarga yo‘l qo‘yishdi, qisqa qilib aytganda oqshom klub uchun omadsiz o‘tdi.
"Atletiko" - "Real" - 4:0 (2015)
Krishtianu Ronaldu "Atletiko"ga qarshi o‘yinlarda eng sermahsul o‘yinchi hisoblanadi, u Diyego Simeone jamoasi darvozasiga 25 ta gol urgan, ularning aksariyati Yevropa turnirlarida, shuningdek Krishtianu La Ligada ham bir necha bor "matraschilar"ni ranjitgan. Ammo 2015 yil fevral oyida “Atletiko Madrid” barchani lol qoldirdi va Krishtianu Ronalduning “Real” klubini Tiagu Mendesh, Saul, Antuan Grizmann va Mario Manjukichning gollari evaziga 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘sha kuni "Visente Kalderon"da "qaymoqranglilar" o‘zlaridan kutilgan saviyani ko‘rsata olishmadi. Ularning o‘sha vaqtda zaiflashib borayotgan Sami Xedira va Iskodan tashkil topgan yarim himoyasi Simeone jamoasi hujumlarini maydon markazida to‘xtatib qolish yo‘lini topa olishmadi.
Klubga muhim daqiqalarda tez-tez yordam beradigan Krishtianu ham o‘sha kuni hech narsa qila olmadi.
Mag‘lubiyat sabab "qaymoqranglilar" qattiq tanqidlarga uchradi, ammo Madrid UYEFA Chempionlar Ligasi finalida "Atletiko"ni mag‘lub etib, javob qaytardi. Shuningdek KriRo jamoaga g‘alaba keltirgan penaltini aniq amalga oshirdi.
"Brayton" — "Manchester Yunayted" 4:0 (2022)
"Brayton" 2022 yilda "Manchester Yunayted"ni ikki marta mag‘lub etgan, umumiy hisob - 6:1.
2022/23 yilgi Premyer-liga mavsumi boshida “chag‘alaylar”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi "MYU" muxlislarini xafa qilgan bo‘lsa, o‘tgan mavsum safardagi 4:0 hisobidagi mag‘lubiyat undan ham kattaroq zarba bo‘ldi.
Krishtianu joriy mavsum boshidagi "Old Trafford"dagi o‘yinda bor-yo‘g‘i 37 daqiqa o‘ynadi, u bilan jamoa biroz yaxshilanishni ko‘rsatdi, biroq o‘tgan mavumdagi yirik mag‘lubiyatda (4:0) Krishti 90 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa-da, samarali harakatlar amalga oshirmadi.
"Barselona" - "Real" - 5:0 (2010)
"Barselona" juda uzoq vaqtdan beri Madridning eng prinsipial raqibi bo‘lib kelgan. Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi raqobat klublar o‘rtasidagi muhitni yanada kuchaytirdi.
Krishtianu 2010 yilning noyabrida "Kamp Nou"da mag‘lubiyat alamini his qilgandi. Va o‘sha oqshom Messi gol ura olmagan bo‘lsa-da, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Gollarga Xavi, Pedro va Xeffren Bermudes mualliflik qilgan bo‘lsa, David Vilya dubl qayd etgandi.
Krishtianu Madridning hujumdagi yagona quroli edi va u o‘yin davomida ko‘pincha to‘pni yo‘qotdi.
O‘sha mavsum yakunida Ronaldu 40 ta gol urib, chempionat to‘purari bo‘ldi, ammo jamoasini kubok sari yetaklay olmadi.
"Manchester Yunayted" - "Liverpul" — 0:5 (2021)
Krishtianu Ronalduning o‘tgan mavsumda "Old Trafford"ga qaytishi katta hayajon bilan kutib olindi va buni tushunish mumkin. U birinchi o‘yinda “Manchester Yunayted”ga bor kuchini berdi va klubning Yevropa futboli cho‘qqisiga ko‘tarilishida yordam berish uchun afsona sifatida qaytdi.
Biroq, voqealar butunlay teskari yo‘nalishda rivojlana boshladi. "Manchester Yunayted" 2021 yilning oktyabr oyida "Old Trafford"da "Liverpul"dan yirik mag‘lubiyatga uchradi va bu ikki jamoa o‘rtasidagi farqni ko‘rsatdi.
Uchrashuvning dastlabki 15 daqiqasida Muhammad Saloh xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Nabi Keyta va Diogu Jota ham bittadan gol urishdi. Ronaldu o‘yin davomida gol urishga muvaffaq bo‘ldi, ammo ofsayddan.